https://oz.sputniknews.uz/20230116/ozbekiston-singapur-31500947.html
O‘zbekiston Singapur tajribasi asosida aeroportlarini rivojlantiradi
O‘zbekiston Singapur tajribasi asosida aeroportlarini rivojlantiradi
Sputnik O‘zbekiston
Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston respublikasi Transport vazirligi va Singapur respublikasi Transport vazirligi o‘rtasida transport sohasida bitim imzolandi. 16.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-16T14:01+0500
2023-01-16T14:01+0500
2023-01-16T14:01+0500
jamiyat
o‘zbekiston
singapur
transport
bitim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/10/31499063_0:0:761:429_1920x0_80_0_0_62e59239f8529f92c0dba750ca9fb884.jpg
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat transport vazirlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov va Singapur transport vaziri S.Isvaran ikki mamlakat o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.Xususan, tomonlar Singapur tajribasi asosida aeroportlarni rivojlantirish, jamoat transportini raqamlashtirish, respublikada transport-logistika markazlarini qurish, shuningdek, o‘zbek mutaxassislarini Singapurda tajribasini oshirishni tashkillashtirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi.Muzokaralar yakuni bo‘yicha ikki davlat Transport vazirligi o‘rtasida transport sohasida bitim imzolandi.Bitimga ko‘ra tomonlar qisqa muddatda qo‘shma ishchi guruhini tuzib, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish belgilandi.Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi 16-18 yanvar kunlariga rejalashtirilgan edi. Keyinchalik Mirziyoyevning Singapurga tashrif davomiyligi 3 kundan 1 kunga qisqartirilishi ma’lum qilindi.
o‘zbekiston
singapur
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/10/31499063_9:0:761:564_1920x0_80_0_0_2b99771c847e980a432ac320da90324f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, singapur, transport, bitim
jamiyat, o‘zbekiston, singapur, transport, bitim
O‘zbekiston Singapur tajribasi asosida aeroportlarini rivojlantiradi
Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston respublikasi Transport vazirligi va Singapur respublikasi Transport vazirligi o‘rtasida transport sohasida bitim imzolandi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat transport vazirlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar
berdi.
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov va Singapur transport vaziri S.Isvaran ikki mamlakat o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Xususan, tomonlar Singapur tajribasi asosida aeroportlarni rivojlantirish, jamoat transportini raqamlashtirish, respublikada transport-logistika markazlarini qurish, shuningdek, o‘zbek mutaxassislarini Singapurda tajribasini oshirishni tashkillashtirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha ikki davlat Transport vazirligi o‘rtasida transport sohasida bitim imzolandi.
Bitimga ko‘ra tomonlar qisqa muddatda qo‘shma ishchi guruhini tuzib, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish belgilandi.
Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi 16-18 yanvar kunlariga rejalashtirilgan edi. Keyinchalik Mirziyoyevning Singapurga tashrif davomiyligi 3 kundan 1 kunga qisqartirilishi ma’lum
qilindi.