https://oz.sputniknews.uz/20230116/ortiqxojaev-31500825.html
Prezident Toshkent hokimi Ortiqxo‘jayevning ishdan olinishi sabablarini aytdi
Prezident Toshkent hokimi Ortiqxo‘jayevning ishdan olinishi sabablarini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Quruq gap bilan, yolg‘on “svodka” bilan pastga tushmagani uchun, noinsof, oyog‘i yerdan uzilgani uchun ishdan oldim - Shavkat Mirziyoyev Jahongir Ortiqxo‘jayevning ishdan olinishi haqida
2023-01-16T13:28+0500
2023-01-16T13:28+0500
2023-01-16T16:38+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
jahongir ortiqxo‘jayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/10/31500310_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_50dddf8eac744d6b59196782b8235781.jpg
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika mavzusidagi yig‘ilishda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning ishdan bo‘shatilishi sabablarini tushuntirdi.Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, aholi tabiiy gaz va elektr ta’minoti, kommunal xizmatlar sifatidan jiddiy e’tirozlar bildirapti, buni hamma ko‘rib turibdi. Ayniqsa, Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlarini bugungi holatga tayyor emasligini prezident ham, xalq ham ko‘rib turibdi.Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda poytaxtda 3 million kilovatt cheklov o‘rnatilgani, 6 mingga yaqin ulgurji iste’molchilar gaz tarmog‘idan uzilganiga qaramay, 120 ta mahallada elektr va gaz ta’minotida uzilishlar bo‘lgan.Birgina 15-yanvar kuni Toshkent shahridagi 7 ta yuqori va 524 ta past kuchlanishli transformator hamda 87 ta transformator ortiqcha yuklamaga bardosh bera olmay ishdan chiqqan. Ayniqsa, Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Uchtepa tumanlarida bir kunda 100 ga yaqin mahallalarda avariyalar bo‘ldi.Avvalroq qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etilgani xabar qilingan edi. Baxtiyor Rahmonov poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.DXX va Bosh prokuraturaga yig‘ilishda lavozimidan ozod etilgan mutasaddilarning faoliyatini o‘rganadi. Prezident topshirig‘iga ko‘ra, agar qonun buzilishlar aniqlansa, ular qat’iy javobgarlikka tortiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/10/31500310_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_f3a710c8dde4bc80b92aeddcfa4e98a7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent hokimi jahongir ortiqxo‘jayevning ishdan olinishi sabablar prezident jaxongir ortikxujayev djaxongir artikxodjayev
toshkent hokimi jahongir ortiqxo‘jayevning ishdan olinishi sabablar prezident jaxongir ortikxujayev djaxongir artikxodjayev
Prezident Toshkent hokimi Ortiqxo‘jayevning ishdan olinishi sabablarini aytdi
13:28 16.01.2023 (yangilandi: 16:38 16.01.2023) Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlarini bugungi holatga tayyor emasligini xalq ham ko‘rib turganini qayd etdi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika mavzusidagi yig‘ilishda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning ishdan bo‘shatilishi sabablarini tushuntirdi.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, aholi tabiiy gaz va elektr ta’minoti, kommunal xizmatlar sifatidan jiddiy e’tirozlar bildirapti, buni hamma ko‘rib turibdi. Ayniqsa, Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlarini bugungi holatga tayyor emasligini prezident ham, xalq ham ko‘rib turibdi.
Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda poytaxtda 3 million kilovatt cheklov o‘rnatilgani, 6 mingga yaqin ulgurji iste’molchilar gaz tarmog‘idan uzilganiga qaramay, 120 ta mahallada elektr va gaz ta’minotida uzilishlar bo‘lgan.
Birgina 15-yanvar kuni Toshkent shahridagi 7 ta yuqori va 524 ta past kuchlanishli transformator hamda 87 ta transformator ortiqcha yuklamaga bardosh bera olmay ishdan chiqqan. Ayniqsa, Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Uchtepa tumanlarida bir kunda 100 ga yaqin mahallalarda avariyalar bo‘ldi.
"Nega poytaxtda shunday bo‘lyapti? Nima uchun biz oldindan tayyorgarlik qilmadik? Vazirlar Mahkamasi mas’ullari shuncha gap gapirganimiz bilan qayerga qaradi degan savol, albatta, meni qiynayapti. Shu bois vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik qilmagani uchun Toshkent shahar hokimi Ortiqxo‘jayevni ishdan oldim. Kechasi shtabda ishdan oldim. Quruq gap bilan, yolg‘on “svodka” bilan pastga tushmagani uchun, noinsof, oyog‘i yerdan uzilgani uchun ishdan oldim”, - dedi prezident.
Avvalroq qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etilgani
xabar qilingan edi. Baxtiyor Rahmonov poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi
etib tayinlangan.DXX va Bosh prokuraturaga yig‘ilishda lavozimidan ozod etilgan mutasaddilarning faoliyatini
o‘rganadi. Prezident topshirig‘iga ko‘ra, agar qonun buzilishlar aniqlansa, ular qat’iy javobgarlikka tortiladi.