https://oz.sputniknews.uz/20230116/dxx-va-bosh-prokuratura-31497991.html
DXX va Bosh prokuratura ishdan bo‘shatilgan mutasaddilar faoliyatini o‘rganadi
DXX va Bosh prokuratura ishdan bo‘shatilgan mutasaddilar faoliyatini o‘rganadi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va Bosh prokuraturaga bugun lavozimidan ozod etilgan mutasaddilarning faoliyatini o‘rganishni buyurdi.
2023-01-16T11:44+0500
2023-01-16T11:44+0500
2023-01-16T12:44+0500
siyosat
davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
bosh prokuratura
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/14/18828292_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_92546bc10e3817487d7bdc73a73ecec0.jpg
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va Bosh prokuraturaga bugun lavozimidan ozod etilgan mutasaddilarning faoliyatini o‘rganishni buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.Bugun davlat rahbari huzurida qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Prezident yuzaga kelgan vaziyat sohalar hamda hudud rahbarlarining bugungi kungacha qanday ishlaganini yaqqol ko‘rsatib qo‘yganini ta’kidladi. Ayniqsa, Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlari bugungi holatga umuman tayyor emasligi keskin tanqid qilindi.Qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etildi. Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa tumanlari hokimlariga hayfsan berildi. Shuningdek, "Issiqlik elektr stansiyalari" aksiyadorlik jamiyati raisi Farhod Abdurahmonov, energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev lavozimidan ozod etildi. “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari Ulug‘bek Mustafoyev, “O‘ztransgaz" rahbari Behzod Normatov va “O‘zbekneftgaz” rahbari Mehriddin Abdullayev ham lavozimidan ozod etilib, ularga vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati belgilandi.DXX va Bosh prokuraturaga bugun lavozimidan ozod etilgan mutasaddilarning faoliyatini o‘rganadi. Prezident topshirig‘iga ko‘ra, agar qonun buzilishlar aniqlansa, qat’iy javobgarlikka tortiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/14/18828292_158:0:1118:720_1920x0_80_0_0_a3c7bfc245026f3b53d7dad3b4f3df27.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dxx bosh prokuratura shavkat mirziyoyev tekshirish mutasaddilar
dxx bosh prokuratura shavkat mirziyoyev tekshirish mutasaddilar
DXX va Bosh prokuratura ishdan bo‘shatilgan mutasaddilar faoliyatini o‘rganadi
11:44 16.01.2023 (yangilandi: 12:44 16.01.2023) Bugungi yig‘ilishda, jumladan, poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, "Issiqlik elektr stansiyalari" raisi Farhod Abdurahmonov, energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev lavozimidan ozod etildi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va Bosh prokuraturaga bugun lavozimidan ozod etilgan mutasaddilarning faoliyatini o‘rganishni buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi
ma’lum qildi. Bugun davlat rahbari huzurida qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Prezident yuzaga kelgan vaziyat sohalar hamda hudud rahbarlarining bugungi kungacha qanday ishlaganini yaqqol ko‘rsatib qo‘yganini ta’kidladi. Ayniqsa, Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlari bugungi holatga umuman tayyor emasligi keskin tanqid qilindi.
Qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev
lavozimidan ozod etildi. Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa tumanlari hokimlariga hayfsan berildi. Shuningdek, "Issiqlik elektr stansiyalari" aksiyadorlik jamiyati raisi Farhod Abdurahmonov, energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev lavozimidan ozod etildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari Ulug‘bek Mustafoyev, “O‘ztransgaz" rahbari Behzod Normatov va “O‘zbekneftgaz” rahbari Mehriddin Abdullayev ham lavozimidan ozod etilib, ularga vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati
belgilandi.DXX va Bosh prokuraturaga bugun lavozimidan ozod etilgan mutasaddilarning faoliyatini o‘rganadi. Prezident topshirig‘iga ko‘ra, agar qonun buzilishlar aniqlansa, qat’iy javobgarlikka tortiladi.