Baxtiyor Rahmonov poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentPerviy zamxokima Tashkenta Baxtiyor Raxmonov
Perviy zamxokima Tashkenta Baxtiyor Raxmonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2023
Obuna bo‘lish
U 2021-yil yanvardan Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Toshkent shahri hokimi birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Rahmonov vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun ishdan olingan Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘rnida ish boshladi.
Baxtiyor Rahmonov 1959-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U 1981-yilda Kiyev muhandislik-qurilish institutini, 2000-yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat taraqqiyoti akademiyasini tamomlagan.
2008 yilda Toshkent shahri Mirobod tumani hokimi etib tayinlangan. 2011-yilda kapital qurilish masalalari bo‘yicha hokimning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan 2017-yilda Sergeli tumani hokimi bo‘lgan. 2018-yilda Olmazor tumaniga rahbarlik qilgan. 2021-yil yanvardan Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0