Toshkent xalqaro sport arbitraj markazi tashkil etiladi
19:48 15.01.2023 (yangilandi: 15:49 05.04.2023)
© Depositphotos / Elnur AmikishiyevYurist obsujdayet s kliyentom sudebnoe delo
© Depositphotos / Elnur Amikishiyev
Obuna bo‘lish
Markazning asosiy vazifalaridan biri sport sohasida kelib chiqadigan nizolarni, xususan, doping bilan bog‘liq nizolarni arbitraj orqali hal etishni tashkil etish bo‘ladi.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Toshkent xalqaro sport arbitraj markazini tashkil etiladi. Bu Yoshlar siyosati va sport vazirligi jamoatchilik muhokamasiga chiqargan qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.
Sport arbitraji markazining asosiy vazifalari quyidagilar bo‘ladi:
turli davlatlarda joylashgan sport tashkilotlari, shu jumladan, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) o‘rtasida yuzaga keladigan sport sohasidagi shartnomaviy va boshqa fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni, xususan, doping bilan bog‘liq nizolarni arbitraj orqali hal etishni tashkil etish;
xalqaro sport arbitraj orqali nizolarni hal etish sohasida tajriba almashish;
Sport arbitraji markazida nizolarni hal etishga xorijiy arbitrlarni jalb qilish;
xalqaro sport arbitraj, shu jumladan, doping bilan bog‘liq nizolarni suddan tashqari hal etish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Sport arbitraji markaziga arbitr sifatida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mutaxassislar bilan bir qatorda xorijiy davlatlardan sport sohasidagi malakali arbitrlar ham jalb etilishi mumkin.
Sport arbitraji markazi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal etish va nizolarni hal etishning boshqa muqobil usullarini qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi.
Markaz faoliyatini moliyalashtirish sport federatsiyalari, sport tashkilotlari hamda sport klublari tomonidan to‘lanadigan badallar hamda boshqa qonunga zid bo‘lmagan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.