Toshkentda isitish tizimini yaxshilash uchun issiq suv bosimi pasaytirildi

© Sputnik / Mariya DevaxinaRuki nad batareyey
Ruki nad batareyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, oxirgi kunlarda transformatorlar va simlarda portlash, yonib ketish kabi avariyalar soni kunlik 10-martadan oshib ketgan.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Toshkentda shahrida ko‘p qavatli uylarda eng kamida uch kunga isitish tizimini yaxshilash uchun issiq suv bosimi pasaytiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, Toshkent shahrida havo-haroratining keskin pasayishi oqibatida issiqlik stansiyalariga uzatilayotgan tabiiy gaz bosimining pasayib ketishi sababli xonadonlarga yetkazib berilayotgan issiq suv taminotida ham, isitish tizimida ham oxirgi kunlarda harorat sezilarli darajada pasayib ketdi.
Buning natijasida o‘z xonadonlarini isitish maqsadida fuqarolar qo‘shimcha elektr moslamalardan foydalanishga majbur bo‘lmoqdalar.
Bu esa o‘z navbatida transformator stansiyalari va uzatish simlarida meyoridan ortiqcha yuklamani vujudga keltirapti. Buning oqibatida esa oxirgi kunlarda transformatorlar va simlarda portlash, yonib ketish kabi avariyalar soni kunlik 10-martadan oshib ketgan.
“Shunga ko‘ra, elektr tizimiga yuklamani pasaytirish va markazlashgan issiqlik tizimi (otoplenie)da haroratni ko‘tarish maqsadida eng kamida uch kun davomida ko‘p qavatli uylarning issiq suv ta’minotida haroratni vaqtincha pasaytirishga majburmiz. Bunda suvni isitishga sarflanayotgan tabiiy gaz issiqlik tizimiga yo‘naltiriladi”, - deyilgan xabarda.
Hokimlik vaziyatni shahar fuqarolari to‘g‘ri baholashlariga umid qilgan va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Fuqarolardan uylaridagi eng zarur xonalarni isitish va yoritishdan tashqari energiya sarfini imkon qadar kamaytirish so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0