https://oz.sputniknews.uz/20230115/surxondaryoda-ikki-hudud-gaz-taminoti-bolimi-rahbarlari-ishdan-boshatildi-31481251.html
Surxondaryoda ikki hudud gaz ta’minoti bo‘limi rahbarlari ishdan bo‘shatildi
Surxondaryoda ikki hudud gaz ta’minoti bo‘limi rahbarlari ishdan bo‘shatildi
Sputnik O‘zbekiston
Faoliyatida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli Termiz shahar va Sherobod tumani gaz ta’minoti bo‘limi rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 15.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-15T14:53+0500
2023-01-15T14:53+0500
2023-01-15T14:53+0500
siyosat
surxondaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0f/31481087_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_e6013f15f2733819fed1d07640fb0e26.jpg
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Termiz shahar va Sherobod tumani gaz ta’minoti bo‘limi rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida hududlarda bir qator muammolar aniqlanganini ta’kidlab, mas’ullarning muammolarni hal etishdagi faoliyati qoniqarsiz ekanini qayd etgan.Jumladan, birinchi navbatda aholiga gaz yetkazib berish lozimligi belgilangan bo‘lsa-da, Termiz shahri va Sherobod tumanida umumiy ovqatlanish shoxobchalari, hammom va boshqa tarmoqdan uzilishi kerak bo‘lgan obyektlar tabiiy gazdan foydalanib kelgan.Ta’kidlanishicha, hudud mas’ullari bu holatni nazoratsiz qoldirishgan, shuningdek, bu hududlarda gaz sohasi bilan bog‘liq qator muammolar mavjud. Ularni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmagan.Qosimov faoliyatida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli Termiz shahar va Sherobod tumani gaz ta’minoti bo‘limi rahbarlarini egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha topshiriq berdi.
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0f/31481087_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_55e287bacdb8b1e22a64312e87c03236.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, surxondaryo
Surxondaryoda ikki hudud gaz ta’minoti bo‘limi rahbarlari ishdan bo‘shatildi
Faoliyatida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli Termiz shahar va Sherobod tumani gaz ta’minoti bo‘limi rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Termiz shahar va Sherobod tumani gaz ta’minoti bo‘limi rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida hududlarda bir qator muammolar aniqlanganini ta’kidlab, mas’ullarning muammolarni hal etishdagi faoliyati qoniqarsiz ekanini qayd etgan.
Jumladan, birinchi navbatda aholiga gaz yetkazib berish lozimligi belgilangan bo‘lsa-da, Termiz shahri va Sherobod tumanida umumiy ovqatlanish shoxobchalari, hammom va boshqa tarmoqdan uzilishi kerak bo‘lgan obyektlar tabiiy gazdan foydalanib kelgan.
Ta’kidlanishicha, hudud mas’ullari bu holatni nazoratsiz qoldirishgan, shuningdek, bu hududlarda gaz sohasi bilan bog‘liq qator muammolar mavjud. Ularni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmagan.
Qosimov faoliyatida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli Termiz shahar va Sherobod tumani gaz ta’minoti bo‘limi rahbarlarini egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha topshiriq berdi.