Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin maxsus harbiy operatsiya sur’atiga baho berdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, hammasi Mudofaa vazirligi va Bosh shtabning rejasi doirasida rivojlanmoqda.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin maxsus harbiy operatsiya o‘tkazishning sur’atini ijobiy baholadi.
Rossiya rahbari “Rossiya-1” telekanaliga bergan intervyusida rossiyalik jangchilar hali yana bir necha bor o‘z ishlari natijalari bilan quvontirishiga umid bildirdi.
“Sur’at ijobiy. Hammasi Mudofaa vazirligi va Bosh shtabning rejasi doirasida rivojlanmoqda. Umid qilamanki, jangchilarimiz o‘zlarining jangovar faoliyati natijalari bilan bizni yana bir necha bor shod etishadi”, - dedi Putin.
Eslatib o‘tamiz, 12-yanvar kuni Rossiya qo‘shinlarining Artyomovsk — Seversk mudofaa chizig‘i markazidagi Soledarni ozod qilish operatsiyasi yakunlandi. Soledar ustidan to‘liq nazoratni o‘rnatish janubi-g‘arbda joylashgan Artyomovsk shahrida Ukraina qo‘shinlarining ta’minot yo‘llarini uzib qo‘yish, keyin esa UQK bo‘linmalarini qurshovga olish imkonini beradi.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.
Yangiliklar lentasi
0