Ikki viloyat hokimiga polkovnik unvoni berildi

© Farg‘ona viloyati hokimligiPolkovnik unvoni
Polkovnik unvoni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2023
Obuna bo‘lish
Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hokimlari polkovnik unvoni bilan taqdirlanishdi.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov polkovnik unvoni bilan taqdirlandi. O‘zbekiston mudofaa vaziri tegishli buyruqlarni imzolagan.
Turdimovga harbiy unvonni Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Aybek Saidov, Bozorovga esa Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Lutfulla Buzrukov tantanali ravishda topshirgan.
© O‘zbekiston Mudofaa vazirligiErkinjon Turdimov
Erkinjon Turdimov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2023
Erkinjon Turdimov
Topshirish marosimi viloyatlarda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda bo‘lib o‘tgan.
© Farg‘ona viloyati hokimligiXayrullo Bozorov
Xayrullo Bozorov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2023
Xayrullo Bozorov
Bozorov davlat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash yo‘lida faol ishtiroki uchun I darajali "Namunali xizmati uchun" ko‘krak nishoni bilan ham taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0