Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Gepatit B ga qarshi vaksina samaradorligini oshirish yo‘li topildi

© Pexels / Artem PodrezAmpula s vaksinoy, illyustrativnoe foto
Ampula s vaksinoy, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2023
Obuna bo‘lish
Gepatit — virusli kasallik. Unga chalingan bemorlarda jigar hujayralari zararlanishi kuzatiladi. Oqibatda organizmda intoksikatsiya yuz beradi.
Gepatit V — ushbu xastalik turlari orasida eng xavflisi. Dunyo bo‘yicha yiliga minglab insonlar mazkur virus tufayli vafot etadi. U qon va odam organizmidan ajraladigan boshqa suyuqliklardan yoki onadan homilaga yuqadi.
Germaniya va Shveysariya olimlari gepatitning ana shu turiga qarshi vaksina samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda izlanish olib bordi. Tadqiqot jonivorlarda sinovdan o‘tkazildi, deb xabar beradi O‘zbekiston SSV.
Ma’lum bo‘lishicha, “TherVacB” vaksinasi samaradorligi uning tarkibidagi “CD4 T hujayralari” deb ataluvchi komponentlar miqdori, faolligi va javob reaksiyasi kuchiga bog‘liq.
Soddaroq qilib aytilsa, agar organizmda CD4 T hujayralari kam va ularning vaksinaga javobi zaif bo‘lsa, bu holda gepatit B virusiga qarshi antitanalar ishlab chiqarilmaydi.
Olimlar fikricha, vaksina ta’sirini kuchaytiruvchi tegishli moddalar yordamida bu hujayralar sonini va emlashga nisbatan javob reaksiyasini oshirish mumkin.
Yangilik shu yilning yoz oylarida insonlarda klinik sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, gepatit B ning qo‘zg‘atuvchisi inson tanasidan tashqarida uzoq vaqt yashay oladi. Aksariyat bemorlar kasallikni mustaqil ravishda yengishi mumkin. Ammo immuniteti zaif kishilar uchun virus jiddiy xavf tug‘diradi.
Yangiliklar lentasi
0