Buxoro turizm markazi uchun boshqa yer maydoni tanlanadi

© SputnikDostoprimechatelnosti v Buxare
Dostoprimechatelnosti v Buxare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2023
Obuna bo‘lish
Markaz qurilishini so‘nggi kunlarda OAV va jamoatchilik qizg‘in muhokama qilayotgan edi.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Buxoro shahrida Buxoro turizm markazini qurish uchun boshqa maqbul yer maydoni tanlanadi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, hozir markaz loyihasi dastlabki bosqichda tayyorlanmoqda. Loyiha puxta ishlab chiqilgandan so‘ng tegishli tartibda barcha kelishuvlardan o‘tkaziladi.

“Mazkur loyiha bo‘yicha keng jamoatchilik va fuqarolar fikrini inobatga olib, boshqa maqbul yer maydoni tanlanadi. Shuningdek, YuNESKO umumjahon markazining tegishli xulosasi olingan holda yakuniy qaror qabul qilinadi va shundan so‘ng qurilish ishlari boshlanadi”, - deyiladi xabarda.

So‘nggi kunlarda OAV va jamoatchilik Buxoro turizm markazi qurilishini keng muhokama qilayotgan edi. 32,6 gektar maydonni egallagan majmuani qurish uchun hokimliklar, prokuratura, sport arenasi va boshqa binolar buzilishi mumkinligi aytilgandi.
Yangiliklar lentasi
0