Toshkentda mohir hunarmandlar ishtirokida ko‘rgazma-savdo ish boshlaydi – foto

© "Hunarmand" uyushmasi Hunarmandchilik mahsulotlari
Hunarmandchilik mahsulotlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2023
Obuna bo‘lish
Tadbirga Rossiya, Belarus, Malayziya, MDH va Yevropa mamlakatlaridan mehmonlar ham taklif etilgan - tafsilotlar.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Toshkentda mohir hunarmandlar ishtirokida ko‘rgazma-savdo ish boshlaydi. Bu haqda Sputnik muxbiri ma’lum qildi.
Milliy urf-odatlar va milliy liboslarning tarovati doim o‘zgacha. Ularda inson uchun umr bo‘yi qadrdon bo‘lgan qadriyatlar mujassamlashadi.
21-22 yanvar kunlari Toshkent shahrining “NEXT” savdo majmuasida o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi.
“O‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlariining navbatdagi ko‘rgazma-savdosida professional hunarmandlar ishtirok etishi kutilmoqda. Unda 20 ga yaqin yo‘nalishlar bo‘yicha mahsulotlar keltiriladi. Jumladan, kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, tikuvchilik, yog‘och o‘ymakorligi va boshqa yo‘nalishlarda mahalliy hunarmandlarning qo‘li bilan yasalgan buyumlar ko‘rsatiladi”, deydi "Hunarmand" uyushmasi Axborot xizmati rahbari Nilufar Xotamova.
Shuningdek, ko‘rgazma-savdoda suvenir sovg‘alar, unutilmas kunlar uchun ishlanmalar, turli bezaklarni ham xarid qilish mumkin.
© "Hunarmand" uyushmasi Hunarmandchilik mahsulotlari
Hunarmandchilik mahsulotlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2023
Hunarmandchilik mahsulotlari
Eng asosiy tadbirlardan biri milliy adras, kashta, shoyilardan libboslar, qorako‘l va boshqa noyob mo‘ynalardan tayorlangan ustki kiyimlar defile ko‘rgazmasi bo‘lib, unda professional moda olamining yorqin namunalari namoyish etiladi.
Defile ko‘rgazmadagi liboslarni xarid qilish, ulgurji va chakana savdolar uchun buyurtmalar ham qabul qilinadi. Tadbirga Rossiya, Belarus, Malayziya, MDH va Yevropa mamlakatlaridan mehmonlar taklif etilgan.
© "Hunarmand" uyushmasi Hunarmandchilik mahsulotlari
Hunarmandchilik mahsulotlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2023
Hunarmandchilik mahsulotlari
Ko‘rgazma-savdoda hunarmandlar tomonidan mahorat darslarini kuzatish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga, loydan ko‘za yasash, ipakdan mato to‘qish, do‘ppiga naqsh berish hamda beshik yasash jarayonlarida bevosita ishtirok etish, o‘rganish mumkin.
© "Hunarmand" uyushmasi Hunarmandchilik mahsulotlari
Hunarmandchilik mahsulotlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2023
Hunarmandchilik mahsulotlari
Tadbirlarda Farg‘ona hududidan dizayner Sadoqat Mirzayeva, Toshkent hududidan kashtachi Nasiba Isxakova, Toshkent viloyati hududidan esdalik buyumlari ustasi Doniyor Aitbayev, Toshkent shahri hududidan yog‘och o‘ymakorligi hunarmandlari Alisher Ubaydullayev, Toshkent viloyati hududidan yog‘och o‘ymakorligi hunarmandi Begzod Madraimov va boshqalar ishtirok etishadi.
“Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad, milliy hunarmandlar tomonidan yaratilgan mahsulotlar savdosida ko‘maklashish, savdo majmuasida bepul savdo rastalarini tashkil etish, xorijiy hamkorlarni jalb etish, ichki turizmni rivojlantirishdan iborat. Shuningdek, yangi ish o‘rinlarini ham yaratish ko‘zlangan”, deydi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, 2023-yilda Respublika hududlarida qiymati 112 mlrd so‘mlik, 11 ta hunarmandchilik markazi tashkil etiladi. Ularda 1500 ta yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zlangan.
Yangiliklar lentasi
0