"Toshkent — Buxoro — Toshkent" yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezdlarga qo‘shimcha vagonlar ulanadi

© Foto: predostavleno press-slujboy MintransaV Uzbekistane sovershen perviy reys poyezda, kotoriy preodolel pochti chetire tisachi kilometrov
V Uzbekistane sovershen perviy reys poyezda, kotoriy preodolel pochti chetire tisachi kilometrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2023
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha 8 ta vagon ulandi - tafsilotlar.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. "Toshkent — Buxoro — Toshkent" yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha vagonlar ulanadi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
"Toshkent — Buxoro — Toshkent" yo‘nalishidagi 766/765-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdining qatnovini bekor qilingani munosabati bilan mazkur yo‘nalishdagi bir qator poyezdlarga qo‘shimcha vagonlar unlanadi.
Qo‘shimcha vagonlar ulangan poyezdlar:
12/11-sonli "Toshkent — Samarqand — Buxoro — Toshkent" yo‘nalishida harakatlanuvchi “Sharq” yo‘lovchi poyezdiga har kuni 2 tadan (qo‘shimcha 94 ta o‘rin);
56-sonli "Toshkent — Buxoro — Xiva — Toshkent" yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdiga har kuni 3 tadan (qo‘shimcha 162 ta o‘rin).
125-sonli "Andijon — Toshkent — Buxoro" yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdiga har kuni 3 tadan (qo‘shimcha 162 ta o‘rin).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kecha "Toshkent – Buxoro – Toshkent" yo‘nalishidagi 766/765-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovlari 13,14,15 yanvar kunlari 3 ta reysga bekor qilinishi ma’lum qilingan edi. Yo‘lovchilar o‘z manzillariga yetib olish maqsadida muqobil yo‘lovchi poyezdlardan foydalanishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0