Prezident Enaxon Siddiqova vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2023
Obuna bo‘lish
Shoira 13-yanvar kuni vafot etdi. Prezident Enaxon Siddiqova vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis Senati a’zosi Enaxon Siddiqova 13-yanvar kuni 68 yoshida vafot etdi.
"O‘zbek adabiyoti va madaniyati og‘ir judolikka uchradi.Taniqli ijodkor, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Enaxon Siddiqovaning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda iste’dodli shoira, jonkuyar jamoatchi sifatida tanildi. Uning ko‘p yillik ijodiy izlanishlari mahsuli bo‘lgan, o‘nlab asarlari kitobxonlar qalbidan munosib joy egalladi.
Ma’lumot uchun, Enaxon Siddiqova 1976-yilda Farg‘ona davlat pedagogika instituti (hozirgi Farg‘ona davlat universiteti)ning filologiya fakultetini tamomladi. Mehnat faoliyatini 1976-yilda o‘qituvchilikdan boshlab, Oltiariq va Farg‘ona tumanlaridagi maktablarda o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, maktab direktori bo‘lib ishladi.
Qator yillar Farg‘ona tumani va Farg‘ona viloyati hokimliklarida mas’ul vazifalarda ishlab, xotin-qizlarning turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, oila, onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish, barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida faollik ko‘rsatdi.
Enaxon Siddiqova 2001-yildan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari sifatida qizg‘in mehnat qildi.
Ayniqsa, Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Qahramoni, ulug‘ o‘zbek shoiri Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yishda chinakam jonbozlik ko‘rsatib xizmat qildi.
U 2015-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi sifatida mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatda parlamentarizm tizimini rivojlantirish, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyot uchun zarur bo‘lgan muhim qonunlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga katta hissa qo‘shdi.
Enaxon Siddiqovaning o‘zbek adabiyoti va madaniyatini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston xalq shoiri” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” va “Do‘stlik” ordenlari bilan taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0