Oliy harbiy ta’lim muassasalarida yangicha o‘quv uslublari joriy etiladi

© PulatovNashivka voorujennix sil Uzbekistana.
Nashivka voorujennix sil Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi yo‘lladi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Endilikda oliy harbiy ta’lim muassasalarida ham yangicha yondashuv va o‘quv uslublari joriy etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga yo‘llagan bayram tabrigida ma’lum qildi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, navqiron avlodni bugungi axborot makonida mavjud tahdidlardan himoya qilish, ularda yot va zararli g‘oyalarga qarshi barqaror immunitetni shakllantirish maqsadida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi amaliy ishlar samaradorligi oshiriladi.
“Ushbu vazifalarni bajarishda “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!” degan tamoyildan kelib chiqib, harbiy-ma’muriy sektorlar va keng jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash muhim ahamiyatga ega”, deydi prezident.
Ma’lumot uchun, so‘nggi bir yilning o‘zida 3 mingdan ortiq harbiylar uy-joy bilan ta’minlandi, salkam 2 ming harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar berildi. 4 mingdan ziyod harbiylarning turmush o‘rtoqlari kasbga o‘qitilib, ishga joylashtirildi, 1250 nafar harbiy pensionerning bandligi ta’minlandi.
Yangiliklar lentasi
0