Lavrov va Saidovning uchrashuvi tez orada bo‘lishi mumkin - Zaxarova

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSergey Lavrov
Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rasmiy vakili Lavrovning yangi tayinlangan o‘zbekistonlik hamkasbi bilan aloqalari haqida gapirib, ularning yuzma-yuz uchrashuvi qachon bo‘lib o‘tishi mumkinligini tushuntirdi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Sergey Lavrov va Baxtiyor Saidovning uchrashuvi “tog‘lar ortida emas”. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Tashqi ishlar idoralari rahbarlari o‘rtasidagi muloqotga kelsak, u 31-dekabr kuni Lavrov o‘z hamkasbiga ushbu lavozimga tayinlangani munosabati bilan tabrik yo‘llagan.

“O‘ylaymanki, ularning uchrashuvi tez orada bo‘lishi mumkin, oldinda qator yirik davlatlararo tadbirlar turibdi, Rossiya va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirliklari orqali soatlarning sinxronlashtirilishi o‘z vaqtida amalga oshiriladi”, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev dekabr oyi oxirida TIVga bungacha xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Saidovni vaqtinchalik vazifani bajaruvchi etib tayinladi. TIVning sobiq rahbari Vladimir Norov esa Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) direktori bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0