Koronavirus pandemiyasi davrida ishlagan shifokorlar haqida film suratga olinadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMeditsinskie rabotniki v odnom iz otdeleniy gospitalya COVID-19
Meditsinskie rabotniki v odnom iz otdeleniy gospitalya COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2023
Obuna bo‘lish
Film real voqeylikka asoslangan. Unda pandemiya davrida fidoiylik ko‘rsatgan shifokorlarning qiyin va taxlikali paytda ko‘rsatgan qaxramonliklari aks ettiriladi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi davrida o‘z faoliyatini olib borgan shifokorlar haqida “Epidemiya” filmi tasvirga olinadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Film drama shaklida bo‘lib, u Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yagona cinema” studiyasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida tasvirga olinadi.
Mazkur film sujetlarida insonning qadr-qimmati, uning o‘z burchiga sadoqati va mas’uliyati xususida hikoya qilinadi.
Film real voqeylikka asoslangan. Unda koronavirus kasalligining insonlar hayotiga salbiy ta’siri, pandemiya davrida fidoiylik ko‘rsatgan shifokorlarning qiyin va taxlikali paytda ko‘rsatgan qaxramonliklari aks ettiriladi.
“Epidemiya” filmi davomida sujetlar shifokorlarning katta yo‘qotishlari, o‘z kasbi va burchini hamma narsadan ustun qo‘yishi singari tasviriy ifodalar orqali ochib beriladi.
Film g‘oya muallifi Abror Nabiyev (BDKI talabasi), postanovkachi rejissor Abu Tolib Adamqulov, postanovkachi operator Dilmurod Turdiboyev, postanovkachi rassom Xusayinboy Eshniyozov, badiiy rahbar Akrom Shaxnazarov hamda g‘oya muallifi Abror Nabiyev.
Kinofilmda rollarni aktorlar Matokub Matchonov, Saidkomil Umarov, Sardor To‘rayev, Feruza Yusupova, Adiz Rajabov, Tamara Mirmaqsudova hamda Abror Yo‘ldoshevlar ijro etishadi.
Filmni tasvirga olish ishlari fevral oyi o‘rtalarida boshlanishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0