Xalqaro yo‘nalishlardagi avtobus qatnovlari vaqtinchalik to‘xtatildi

© MinTransporta Avtobusi mejdnarodnix napravleniy
Avtobusi mejdnarodnix napravleniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari joriy yil 13-yanvardan vaqtinchalik to‘xtatildi,
TOShKENT, 13 yanv - Sputnik. Xalqaro yo‘nalishlardagi muntazam avtobus qatnovlari vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqida Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qolmoqda.
Shu kunlarda qo‘shni Qozog‘iston va Rossiyada kuzatilayotgan kuchli sovuq tufayli yo‘llarda muzlamalar hosil bo‘lib, avtotransport vositalarida texnik nosozliklar kelib chiqishi natijasida yo‘lovchilar qiyin vaziyatlarga tushib qolish holatlari kuzatilmoqda.
noqulay ob-havo sharoitini inobatga olib, yo‘lovchi tashuvlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekistondan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari joriy yil 13-yanvardan vaqtinchalik to‘xtatildi, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda O‘zbekiston hududida kuchli sovuq havo qor yog‘ishi, yo‘llarda muzlamalar kuzatilmoqda. Qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham havo sovuq. Ayrim viloyatlarda eksremal past darajada harorat kuzatilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0