UQK bo‘linmalari Soledarda qurshovda, Artyomovsk ozodligi yaqin

© Sputnik / RIA NovostiBoysi podrazdeleniya ChVK "Vagner" i osnovatel gruppi biznesmen Yevgeniy Prigojin v Soledare.
Boysi podrazdeleniya ChVK Vagner i osnovatel gruppi biznesmen Yevgeniy Prigojin v Soledare. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2023
Obuna bo‘lish
Soledarning mustamlakachi ukraina qo‘shinlaridan ozod etilishi – Donbassdagi keng ko‘lamli harbiy harakatlarning kichik ko‘rinish, va shunga qaramay bu Rossiya qo‘shinlarining maxsus operatsiya maydonida taktika va strategiya jihatidan ustunligini tasdiqlovchi ko‘rsatkich.
Soledar va unga qo‘shni bo‘lgan Artyomovsk (Baxmut) yo‘llari Slavansk, Kramatorsk (qariyb 30 km) va keyinroq G‘arbga olib boradi. Rossiya Qurolli Kuchlari Kiyev rejimini denatsifikatsiyalash va demilitarizatsiyalash masalalarini rejaga muvofiq va uslubiy jihatdan, yuqori samaradorlik va yaxshi natijalarni ta’minlaydigan tezkorlikda olib bormoqda.
Rossiya qo‘shinlari 11-yanvar kuni Artyomovsk/Baxmutdan 6 km uzoqlikda joylashgan Soledar shahrini o‘z nazoratiga oldi. Soledar markazida qurshab olingan UQK garnizoni (61-piyoda, 46-aeromobil va 128-tog‘-shturm brigadalari) to‘rt sektorga bo‘lingan. Ular “Vagner” xususiy harbiy kompaniya kuchlari bilan zararsizlantiriladi. Ukraina “harbiy elitasi” 200 km uzunlikdagi tuz konlari va g‘orlar tizimida yoki ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida yashirinishni afzal ko‘radi - Ukraina Qurolli Kuchlari dengiz piyodalari Mariupolda qilganidek, tinch aholi ortiga yashirinishgan.
Bir kun avval Rossiya qo‘shinlari Soledarga bir nechta yo‘nalishlardan hujum boshladi. UQK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy rahbariyatga vaziyatning og‘irligi haqida hisobot bergan, Ukraina bo‘linmalarining qurshovga tushmasligi uchun shahardan chiqib ketishiga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan. Bu vaqtning o‘zida Ukraina qo‘shinlarining Soledarning ommaviy dizertirlik holatlari haqida turli OAVlarda ma’lumot paydo bo‘ldi. UQK bo‘linmalari, polshalik va britaniyalik yollanma askarlar otradlari bu yerda juda katta yo‘qotishlarga uchradi. Va bu hududlarga egalik qilishdan muhimroq.
Har bir jiddiy qo‘shinning operatsiyadagi muvaffaqiyati kvadrat kilometrlar bilan emas, balki dushman armiyasining katta yo‘qotishlari bilan o‘lchanadi. Ukraina armiyasi to‘liq tor-mor keltirilganda, maxsus operatsiya zonasida hududiy nazorat g‘olibga-Rossiya Qurolli Kuchlari nazoratiga o‘tadi. Hozircha esa, maxsus harbiy operatsiya rivojlanmoqda, va qo‘shni Artyomovsk/Baxmutdagi ukrain garnizoni – yarimhalqa qurshovida. Rossiya Qurolli Kuchlari va “Vagner” XHK (paradoksal “musiqachilar” Qurolli Kuchlarning munosib qismiga aylandi) sa’y-harakatlari bilan metodik ravishda qo‘shilgan.
Transport aloqalari to‘sib qo‘yilgan- rezervlarni yetkazib berish yoki UQK bo‘linmalarini g‘arbga qarab olib chiqib ketish Rossiya artilleriyaning zarbalari tufayli imkonsiz. Artyomovsk/ Baxmutdan uch kilometr janubda, UQKning so‘nggi mudofaa chizig‘i janubiy yo‘nalishda to‘plangan Klesheyevka qishlog‘ida janglar davom etmoqda.

Rojdestvodagi yutuqlar

Bosh qo‘mondon Valeriy Zalujniy 6-yanvardayoq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga “rezervlar kulini ko‘kka sovurayotgan nuqta”- Baxmutni tashlab chiqib ketish haqida taklif bergan edi, biroq, Kiyev odatdagidek siyosiy be’manilikka bordi. Moskva tomonining Rojdestvo tufayli o‘t ochishni to‘xtatib turish taklifiga qarshilik qilgandan keyin, Kiyev rejimi Soledar va Artyomovskdagi tutashuv liniyalarida Rossiya qo‘shinlarining vayronkor zarbalariga duchor bo‘ldi. Bunda UQK oltita brigadasi yo‘q qilindi, va shunga qaramay, shaharlarni saqlab qolish qiyin bo‘lib bormoqda.
Soledarda hatto “Karpati” maxsus kuchlari va tog‘li hujum brigadalarining kuchli tayyorlangan, g‘oyaviy jihatdan rahbatlantirilgan bo‘linmalari yo‘q qilingan yoki qochib ketgan. Soledar va Artyomovskdagi yetti kunlik janglarda Ukraina Qurolli Kuchlarining qaytarib bo‘lmaydigan yo‘qotishlari ikki minggachaga yetdi. Ukraina rezervlarining yana Baxmut go‘sht qiymalagichga joylashtirishda hech qanday ma’no yo‘q.
Artyomovsk - Soledar - Seversk 30 kilometrlik chiziqda mudofaa pozitsiyalarining yo‘qolishi UQK “front” (Kramatorskiy mudofaa chizig‘i) va boshqa noxush oqibatlarga olib kelishi bilan xavfli (ehtimol, G‘arbdan harbiy yordam qisqarishi mumkin).
Bundan tashqari, Artyomovsk va Soledardagi rus qo‘shinlari va “Vagner” XHKning faol harakatlari UQKning Melitopolga qarshi hujumi rejalarini barbod qildi. Rossiya Qurolli Kuchlari bo‘linmalari dushmanni Svatovo-Kremennaya yo‘lining g‘arbiy qismidagi bir nechta istehkomlardan siqib chiqardi va ukrainalik bosqinchilarni LXR va umuman Donbass hududidan muntazam ravishda siqib chiqarishni davom ettirmoqda.
Rossiya raketa kuchlari, artilleriya va RXBZning o‘t ochish borasida ustunligiga kelsak, RF Mudofaa vazirligi TOS-1A “Solnsepok” og‘ir o‘t o‘chirish tizimlarining yuqori samaradorligini alohida ta’kidlamoqda. Ularning jangovar foydalanish zonasida ukrainalik millatchilar ko‘pincha o‘z qo‘mondonlarining buyruqlarini e’tiborsiz qoldirib, o‘z pozitsiyalarini tashlab, ixtiyoriy ravishda taslim bo‘lishmoqda.
Ommaviy safarbarlikning har bir yangi to‘lqini UQK ga jismonan va ma’naviy jihatdan tayyor bo‘lmagan, AQSh va natsist Kiyev rejimi manfaatlari uchun kurashishga va jon berishga qodir bo‘lmagan askarlarni olib kelmoqda. Kadrlar yetishmasligi ukrainalik ayollarning armiyaga ommaviy ravishda chaqirilishiga olib kelmoqda. Xarkov yo‘nalishida radioefirda xorijiy kishilar nutqi ko‘proq eshitilmoqda (Polshadan kelgan “ko‘ngillilar” ko‘proq). Kiyevda Zelenskiy zudlik bilan 14-16 yoshli o‘smirlardan o‘zining “gitlerugend”ni tuzishga majbur bo‘ldi – bugun neonatsistlarning “Plast”, “O‘ng yoshlar” tashkilotlari va boshqalar UQK uchun voyaga yetmagan “askarlar” tayyorlamoqda.
Ko‘p oylar davomida Kiyev rejimining tezda g‘alaba qozonishini bashorat qilgan nufuzli G‘arb nashrlari maxsus operatsiya zonasida rus qo‘shinlarining muvaffaqiyatlari va UQK mag‘lubiyati muqarrarligini tan olishga majbur.
Yangiliklar lentasi
0