Teleradiouzatish va mobil stansiyalar yaxlab qolgani yo‘q – Raqamli texnologiyalar vazirligi

Obuna bo‘lish
Navbatchi brigadalar tomonidan baza stansiyalarni elektr toki bilan ta’minlashni doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Teleradiouzatish va mobil stansiyalarni elektr toki bilan ta’minlashda foydalanilayotgan oddiy dizel yoqilg‘isiga maxsus aralashmalar qo‘shilmoqda. Shuning uchun ham ular ekstremal darajadagi past haroratda ham “yaxlab qolgani” yo‘q. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning tizimidagi aloqa uchun mas’ul korxona va tashkilotlar xodimlari mamlakatning turli burchaklariga o‘rnatilgan teleradiouzatish va mobil stansiyalarning sozligini ta’minlash ishlarini olib bormoqda.
Navbatchi brigadalar tomonidan baza stansiyalarni elektr toki bilan ta’minlashni doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.
© Raqamli texnologiyalar vazirligi
Teleradiouzatish va mobil stansiyalar - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Raqamli texnologiyalar vazirligi
Teleradiouzatish va mobil stansiyalar - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Raqamli texnologiyalar vazirligi
Teleradiouzatish va mobil stansiyalar - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Raqamli texnologiyalar vazirligi
Teleradiouzatish va mobil stansiyalar - Sputnik O‘zbekiston
4/4
“Telefoningiz ishlayaptimi, yaqinlaringiz bilan aloqa bormi, televizoringiz ko‘rsatib, radiongizdan siz uchun yoqimli taronalar taralyaptimi, Internet orqali yangi O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘layotgan oxirgi yangiliklardan voqif bo‘lib borapsizmi, demak, ular ish joyida”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, zarurat tug‘ilsa, qo‘shimcha akkumulyatorlar va dizel generatorlar ishga tushirilmoqda.
Nafaqat qish kunlari, balki havo ochiq kunlarda ham yetib borish qiyin, hatto mumkin bo‘lmagan hududlarda tezkor xizmatlar faoliyati uchun to‘liq privodli avtomobillar yordam bermoqda.
Yangiliklar lentasi
0