Mudofaani boshqarish markazida Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Natsionalnom sentre upravleniya oboronoy pod predsedatelstvom Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos rasshirennoe zasedanie Soveta bezopasnosti.
V Natsionalnom sentre upravleniya oboronoy pod predsedatelstvom Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos rasshirennoe zasedanie Soveta bezopasnosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning davlat suvereniteti, sarhadlari daxlsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash – tarix va kelajak avlodlar oldidagi muqaddas burchimiz - prezident.
TOShKENT, 13 yanv - Sputnik. Mudofaani boshqarish milliy markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda sohadagi dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Natsionalnom sentre upravleniya oboronoy pod predsedatelstvom Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos rasshirennoe zasedanie Soveta bezopasnosti.
V Natsionalnom sentre upravleniya oboronoy pod predsedatelstvom Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos rasshirennoe zasedanie Soveta bezopasnosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2023
V Natsionalnom sentre upravleniya oboronoy pod predsedatelstvom Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos rasshirennoe zasedanie Soveta bezopasnosti.
Hozirgi shiddatli geosiyosiy qarama-qarshiliklar sharoitida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, axborot xavfsizligi va boshqa sohalarda keskin muammolar paydo bo‘lmoqda. Murakkab xalqaro vaziyat, xavfsizlikka nisbatan xavf-xatar va tahdidlarning kuchayishi Markaziy Osiyoda ham kuzatilmoqda.
– Eng katta boyligimiz bo‘lgan tinch hayotni asrash, xalqimiz farovonligini ta’minlash, kelajak rejalarimizni belgilashda ana shu holatlarning barchasini inobatga olishimiz zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Biz har qanday vaziyatda ham O‘zbekistonning davlat suvereniteti, uning sarhadlari daxlsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlashimiz shart. Bu – bizning tarix va kelajak avlodlar oldidagi muqaddas burchimiz va majburiyatimizdir.
Shulardan kelib chiqib, navbatdagi ustuvor vazifalar belgilandi.
Avvalo, Qurolli Kuchlarni raqamlashtirishni jadallashtirish, sohadagi vazirlik va idoralarning barcha axborot resurslarini yagona xavfsiz axborot maydoniga birlashtirish zarurligi ta’kidlandi. Mudofaani boshqarish milliy markazi bu tizimning o‘zagi bo‘ladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Natsionalnom sentre upravleniya oboronoy pod predsedatelstvom Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos rasshirennoe zasedanie Soveta bezopasnosti.
V Natsionalnom sentre upravleniya oboronoy pod predsedatelstvom Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos rasshirennoe zasedanie Soveta bezopasnosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2023
V Natsionalnom sentre upravleniya oboronoy pod predsedatelstvom Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos rasshirennoe zasedanie Soveta bezopasnosti.
Prezident harbiy ta’lim dasturlarini ilg‘or tajriba asosida yangilash, pedagoglar malakasini oshirish, Harbiy injenerlar maktabini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shuning Oliy Bosh Qo‘mondon safarbarlik sohasidagi tayyorgarlik va hududiy mudofaasini tashkil etish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish vazifasini qo‘ydi.
Harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy va jangovar tayyorgarligini kuchaytirish, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
– Bizga bu kuchni chetdan izlashning hojati yo‘q. Shonli tariximiz, boy ilmiy va madaniy merosimiz, bahodir ajdodlarimizning hayoti va faoliyati biz uchun chinakam ibrat maktabi, – dedi davlatimiz rahbari.
Dunyoda ro‘y berayotgan gibrid xarakterdagi qurolli to‘qnashuvlar tahlili Qurolli Kuchlarimiz jangovar qobiliyatini oshirishni taqozo etmoqda. Shu bois milliy armiyani zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash, jumladan, harbiy aviatsiya va havo hujumidan mudofaa tizimini rivojlantirish dolzarbligi ta’kidlandi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish masalalariga e’tibor qaratildi. Ular uchun ipoteka asosida ko‘p qavatli uylar qurish, harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minotini tartibga solish, harbiy tibbiyot muassasalari sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
So‘z yakunida Shavkat Mirziyoyev barcha harbiylarni, butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31-yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Natsionalnom sentre upravleniya oboronoy pod predsedatelstvom Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos rasshirennoe zasedanie Soveta bezopasnosti.
V Natsionalnom sentre upravleniya oboronoy pod predsedatelstvom Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos rasshirennoe zasedanie Soveta bezopasnosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2023
V Natsionalnom sentre upravleniya oboronoy pod predsedatelstvom Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos rasshirennoe zasedanie Soveta bezopasnosti.
Yangiliklar lentasi
0