Ayrim poyezdlar qatnovi bekor qilindi - Yo‘lovchilar manzillarga qanday yetib olishlari mumkin?

© Ministerstvo transporta Respubliki UzbekistanBuxara. Jeleznodorojniy vokzal
Buxara. Jeleznodorojniy vokzal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2023
Obuna bo‘lish
"Toshkent – Buxoro – Toshkent" yo‘nalishidagi 766/765-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovlari 13,14,15 yanvar kunlari bekor qilinadi.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Mahalliy yo‘nalishlardagi ayrim poyezdlar qatnovi bekor qilindi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" xabar berdi.
"Toshkent – Buxoro – Toshkent" yo‘nalishidagi 766/765-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovlari 13,14,15 yanvar kunlari 3 ta reysga bekor qilinadi.
Yo‘lovchilar o‘z manzillariga yetib olish maqsadida quyidagi muqobil yo‘lovchi poyezdlardan foydalanishlari mumkin:
12-sonli "Toshkent – Buxoro" "Sharq";
56-sonli "Toshkent – Buxoro – Xiva";
58-sonli "Toshkent – Buxoro – Shovot";
72-sonli "Toshkent – Buxoro – Olot";
125-sonli "Andijon – Toshkent – Buxoro – Xiva".
Mazkur reyslar sovuq ob-havo tufayli, yo‘lovchi poyezdlar harakat havfsizligini ta’minlash va yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazish davomida noqulayliklar kelib chiqishini oldini olish maqsadida bekor qilinmoqda.
Xarid qilingan chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz saytida qaytarish mumkin. Chipta 100% qiymatda qaytariladi.
Yangiliklar lentasi
0