https://oz.sputniknews.uz/20230112/toshkent-viloyati-rahbarlariga-kochada-korgan-yolovchini-manzilga-eltib-qoyish-topshirildi-31411373.html
Toshkent viloyati rahbarlariga ko‘chada ko‘rgan yo‘lovchini manzilga eltib qo‘yish topshirildi
Toshkent viloyati rahbarlariga ko‘chada ko‘rgan yo‘lovchini manzilga eltib qo‘yish topshirildi
Sputnik O‘zbekiston
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ayni paytda dolzarb bo‘lib turgan bir qator masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. 12.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-12T10:16+0500
2023-01-12T10:16+0500
2023-01-12T10:52+0500
jamiyat
toshkent viloyati
rahbar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/05/30498138_0:92:1280:812_1920x0_80_0_0_d016187517c8f5eb775cef50099ec6d5.jpg
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Toshkent viloyatidagi rahbarlar yo‘l bo‘yida transport kutib turgan yo‘lovchini xizmat mashinasida manzilga eltib qo‘yishi kerak. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ayni paytda dolzarb bo‘lib turgan bir qator masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda viloyat mas’ullariga maktablarning isitish tizimlarini o‘rganish, ayniqsa, qozonxonalarda suv muzlab qolmaganini tekshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.Shuningdek, faoliyatini boshlayotgan maktablarga boradigan yo‘llarni qor va muzdan tozalashga barcha kuch va vositalar safarbar qilinishi aytib o‘tildi.Qayd etilishicha, Xalq ta’limi boshqarmasi har ikki soatda faoliyat boshlagan yoki boshlash arafasida turgan maktablardagi holat bo‘yicha viloyat hokimiga axborot berib boradi.Viloyat hokimligi tomonidan biriktirilgan vakillar esa maktab, boshqaruv servis kompaniyalari, kasalxonalarga kirib,vaziyatni nazorat qilishda hokimlarga yordam beradi.Shuningdek, obodonlashtirish bo‘limi xodimlariga issiq ovqat, kiyim-bosh berilishi bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/05/30498138_38:0:1243:904_1920x0_80_0_0_0b0f6f580bcf25a9b8c1dc6d969e33ec.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent viloyati, rahbar
jamiyat, toshkent viloyati, rahbar
Toshkent viloyati rahbarlariga ko‘chada ko‘rgan yo‘lovchini manzilga eltib qo‘yish topshirildi
10:16 12.01.2023 (yangilandi: 10:52 12.01.2023) Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ayni paytda dolzarb bo‘lib turgan bir qator masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Toshkent viloyatidagi rahbarlar yo‘l bo‘yida transport kutib turgan yo‘lovchini xizmat mashinasida manzilga eltib qo‘yishi kerak. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum
qilindi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ayni paytda dolzarb bo‘lib turgan bir qator masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda viloyat mas’ullariga maktablarning isitish tizimlarini o‘rganish, ayniqsa, qozonxonalarda suv muzlab qolmaganini tekshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, faoliyatini boshlayotgan maktablarga boradigan yo‘llarni qor va muzdan tozalashga barcha kuch va vositalar safarbar qilinishi aytib o‘tildi.
Qayd etilishicha, Xalq ta’limi boshqarmasi har ikki soatda faoliyat boshlagan yoki boshlash arafasida turgan maktablardagi holat bo‘yicha viloyat hokimiga axborot berib boradi.
Viloyat hokimligi tomonidan biriktirilgan vakillar esa maktab, boshqaruv servis kompaniyalari, kasalxonalarga kirib,vaziyatni nazorat qilishda hokimlarga yordam beradi.
“Hamma rahbarlar xizmat mashinasida yo‘l bo‘yida kutib turgan yo‘lovchini ko‘rsa, mashinasida manzilga olib ketsin. Agar kasalxonaga borayotgan bo‘lsa, joyigacha eltib qo‘yinglar”, - deydi hokim.
Shuningdek, obodonlashtirish bo‘limi xodimlariga issiq ovqat, kiyim-bosh berilishi bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.