Rossiyada koronavirusning yangi turi – “kraken” aniqlandi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishEkspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo. Arxivnoe foto
Ekspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, hozirda Rossiyada omikron VA.5 liniyasi dominant bo‘lib qolmoqda.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Rossiyada “omikron”ning yangi varianti “kraken” bilan kasallanishning birinchi holati aniqlandi. Bu haqda Rospotrebnadzor matbuot xizmati xabar berdi.
“XBB.1.5 “Kraken” virusi – Omikron subvariantini yuqtirishning birinchi holati Penza viloyatida qayd etildi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, hozirda Rossiyada omikron VA.5 liniyasi dominant bo‘lib qolmoqda.
Rospotrebnadzor va boshqa idoralarning laboratoriyalari mamlakat va ayrim qo‘shni davlatlarda koronavirus variantlarining tarqalishini doimiy ravishda kuzatib borishda davom etmoqda.
XBB.1.5 omikron shtammi yoki “kraken” subvarianti o‘tgan yilning oktabr oyida aniqlangan edi. Hozirgacha “kraken” 25 ta davlatda aniqlangan, biroq u keltirib chiqaradigan infeksiyalar soni ortib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati axborot xizmati Sputnik muxbiriga kovidning bu varianti O‘zbekistonda aniqlanmaganini ma’lum qilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0