Rafiq Nishonov vafot etdi

© Sputnik / Boris PrixodkoRafik Nishanovich Nishanov, perviy sekretar SK Kompartii Uzbekistana
Rafik Nishanovich Nishanov, perviy sekretar SK Kompartii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Obuna bo‘lish
U O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasining birinchi kotibi, SSSR Oliy Kengashi Millatlar Kengashining raisi lavozimlarida ishlagandi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘z vaqtida O‘zbekiston SSR Oliy kengashi prezidiumi raisi, O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lgan Rafiq Nishonov 97 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda marhumning oilasiga yaqin o‘zbek jurnalistikasi faxriysi Rahimjon Sultonov ma’lum qildi.
Rasmiy davlat manbalarida uning vafot haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Rafiq Nishonov 1926-yil 15-yanvarda mardikor oilasida tug‘ilgan. Toshkent kechki pedagogika institutini tarix fani o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
© Sputnik / Sergey GuneyevPredsedatel Soveta Natsionalnostey Verxovnogo Soveta SSSR Rafik Nishanov.
Predsedatel Soveta Natsionalnostey Verxovnogo Soveta SSSR Rafik Nishanov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Predsedatel Soveta Natsionalnostey Verxovnogo Soveta SSSR Rafik Nishanov.
Tarix fanlari nomzodi. 1942-yildan - Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani "Chirchiq" kolxozining kolxozchisi. 1943-yilda Bo‘stonliq tumani G‘azalkent qishloq Soveti ijroiya qo‘mitasi kotibi. 1944-yildan - Bo‘stonliq tuman komsomol qo‘mitasi instruktori, ikkinchi kotibi. 1945-1950 yillarda Sovet armiyasi saflarida xizmat qilgan.
1951 yildan O‘zbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar Oktabr tuman qo‘mitasi instruktori, bo‘lim mudiri, kotibi bo‘lib ishlagan. 1956-yilda O‘zbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qo‘mitasi bo‘limlaridan birining mudiri bo‘lgan. 1959-yildan - O‘zbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar Oktabr tuman qo‘mitasining birinchi kotibi lavozimida faoliyat yuritgan.
1962 yildan - Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi raisi, 1963-yildan - O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining mafkura bo‘yicha kotibi, Buro a’zosi bo‘lgan.
1970 yilda u diplomatik ishga o‘tadi. SSSR Oliy Kengashi prezidiumining farmoni bilan u SSSRning Shri-Lankadagi va bir vaqtning o‘zida Maldiv respublikasidagi elchisi, 1978-yildan - SSSRning Iordaniyadagi elchisi etib tayinlangan.
1985 yilda Rafiq Nishonov respublikaga qaytib, O‘zbekiston SSR tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan. 1986-yil 9-dekabrdan 1988-yil 9-aprelgacha — O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi prezidiumi raisi, 1987-yil 29-iyundan 1988-yil 24-maygacha bir vaqtning o‘zida SSSR Oliy Soveti prezidiumi raisining o‘rinbosari, 1988-yil 12-yanvardan 1989-yil 23-iyungacha — O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi, bir vaqtning o‘zida 1988-yil 24-maydan 1989-yil 25-maygacha — Oliy Kengash prezidiumi a’zosi (SSSR), 1989-yil iyundan 1991-yil sentabrgacha SSSR Oliy Kengashi Millatlar Kengashining raisi lavozimlarida ishlagan.
1991 yil sentabrdan - SSSR prezidentining maslahatchisi bo‘lgan.
2012 yilda Moskvada, 2021-yilda Toshkentda uning “Daraxtlar bo‘rongacha yashnaydi” – “Daraxtlar yam-yashil bo‘lib qor bo‘roniga” nomli xotiralar kitobi o‘zbek va rus tillarida nashr etilgan.
Bir necha bor SSSR va Rossiyaning orden va medallari bilan taqdirlangan. Xususan, 90-yillik yubiley arafasida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan "Shon-sharaf" ordeni, 2021-yil yanvar oyida esa Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlangan. Sovet davrida unga “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni berilgan.
Yangiliklar lentasi
0