JSST: dunyoda koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichlari 12 foizga kamaydi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishLechenie bolnix s COVID-19
Lechenie bolnix s COVID-19    - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Obuna bo‘lish
2-8 yanvar kunlari kasallanish ko‘rsatkichlari undan avvalgi haftaga nisbatan 9 foiz, o‘lim holatlari esa 12 foizga kamaygan.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘tgan haftada Yer yuzi bo‘yicha qariyb 2,9 million kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yildi. Ulardan 11,1 mingdan ortig‘i xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qildi, deya yozadi O‘zbekiston SSV matbuot xizmati.
Ushbu tahlillar 2-8 yanvar kunlari kasallanish ko‘rsatkichlari undan avvalgi haftaga nisbatan 9 foiz, o‘lim holatlari esa 12 foizga kamayganini tasdiqlaydi.
Viruslar tarqalishining sezilarli pasayishi Yevropa (-36 foiz), Janubi-Sharqiy Osiyo (-27 foiz) va Afrika (-23 foiz) mintaqasi mamlakatlarida qayd etildi. O‘lim ko‘rsatkichlari esa asosan Afrika (-53 foiz), Yevropa (-34 foiz) va Janubi-Sharqiy Osiyoda (-19 foiz) kamaygan.
Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqasi davlatlarida esa aksincha — koronavirus qurbonlari soni 31 foizga oshgan.
Kamayish ko‘rsatkichlariga qaramay, JSST dunyo bo‘ylab “omikron”ning yangi — XBB.1.5 subvarianti tez sur’atlarda tarqalayotgani bois aholiga COVID-19 ga qarshi to‘liq bosqichlarda va buster dozada emlanishni tavsiya qilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirusning yangi “kraken” varianti aniqlanganmi
Yangiliklar lentasi
0