Chelyabinskda ShHTning “Tinchlik missiyasi – 2023” qo‘shma aksilterror mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishAntiterroristicheskie ucheniya stran – chlenov ShOS "Mirnaya missiya 2021"
Antiterroristicheskie ucheniya stran – chlenov ShOS Mirnaya missiya  2021  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Obuna bo‘lish
Mashg‘ulotlarda xalqaro terrorchilar qo‘llayotgan yangi taktikaga qarshi kurashish yo‘llari ishlab chiqiladi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Avgust oyida Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlarining (ShHT) “Tinchlik missiyasi – 2023” qo‘shma aksilterror mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
O‘tgan yilning dekabr oyida ShHTga a’zo davlatlar harbiy delegatsiyalari “qo‘shma mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha shtab muzokaralarining birinchi raundida ishtirok etish” uchun Yekaterinburgga borgan edi.
Avvalroq ShHT bosh kotibi Chjan Min RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida Rossiyada “Tinchlik missiyasi-2023” qo‘shma harbiy aksilterror qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qabul qilinganini ma’lum qilgan edi.
Chjan Minning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda xalqaro terrorchilar qo‘llayotgan yangi taktikaga qarshi kurashish, jumladan, dronlarga qarshi kurashish, axborot xavfsizligini ta’minlash, kimoviy va biologik qurollar qo‘llanilgan terrorchilik xujumlarining oldini olish yo‘llari ishlab chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0