https://oz.sputniknews.uz/20230111/zangiota-yongin-31404578.html
Zangiotada to‘qimachilik sexi yonib ketdi
Zangiotada to‘qimachilik sexi yonib ketdi
Sputnik O‘zbekiston
Yong‘inda ishlab chiqarish maydonlari, u yerda saqlanayotgan tayyor va yarim tayyor trikotaj mahsulotlari yonib ketgan. Yong‘inni o‘chirishga qariyb 7 soat sarflangan. 11.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-11T20:11+0500
2023-01-11T20:11+0500
2023-01-11T20:11+0500
hodisalar
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
zangiota tumani
yong‘in
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24379493_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_659ae4796e6d4260ed695f86e8dc1b33.jpg
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi tekstil sexida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.Ma’lum qilinishicha, yong‘in to‘g‘risidagi xabar soat 08:05 da kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 08:20 da voqea joyiga yetib borishgan va soat 11:05 da qurshab olingan. Soat 15:05 da esa yong‘in bartaraf etilgan.Yong‘in natijasida binoning 2-3 qavatlardagi 2900 kv.m ishlab chiqarish maydonlari, uskunalar va unda saqlanayotgan tayyor hamda yarim tayyor trikotaj mahsulotlari yonib zararlangan. Shuningdek, yong‘indan binoning 11500 kv.m maydoni saqlab qolingan.Ta’kidlanishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.Voqea joyiga O‘zbekiston FVV rahbariyati, viloyat va tuman FVB rahbariyati chiqqan.
zangiota tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24379493_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_1eb5c998cbef28a8dcebe42cdf09ab3a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv), zangiota tumani, yong‘in
hodisalar , favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv), zangiota tumani, yong‘in
Zangiotada to‘qimachilik sexi yonib ketdi
Yong‘inda ishlab chiqarish maydonlari, u yerda saqlanayotgan tayyor va yarim tayyor trikotaj mahsulotlari yonib ketgan. Yong‘inni o‘chirishga qariyb 7 soat sarflangan.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi
tekstil sexida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan qo‘shimcha
ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, yong‘in to‘g‘risidagi xabar soat 08:05 da kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 08:20 da voqea joyiga yetib borishgan va soat 11:05 da qurshab olingan. Soat 15:05 da esa yong‘in bartaraf etilgan.
“Yong‘inni bartaraf etishga 37 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa taxminan 15 kilometrni tashkil etadi”, - deyilgan xabarda.
Yong‘in natijasida binoning 2-3 qavatlardagi 2900 kv.m ishlab chiqarish maydonlari, uskunalar va unda saqlanayotgan tayyor hamda yarim tayyor trikotaj mahsulotlari yonib zararlangan. Shuningdek, yong‘indan binoning 11500 kv.m maydoni saqlab qolingan.
Ta’kidlanishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Voqea joyiga O‘zbekiston FVV rahbariyati, viloyat va tuman FVB rahbariyati chiqqan.