Vladimir Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlandi

© Ministerstvo inostrannix del UzbekistanaVistuplenie V. Norova na "kruglogo stole" na temu "Noviy Uzbekistan – nadejniy partner v menyayushemsya i vzaimosvazannom mire".
Vistuplenie V. Norova na kruglogo stole na temu Noviy Uzbekistan – nadejniy partner v menyayushemsya i vzaimosvazannom mire. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2023
Obuna bo‘lish
Sobiq tashqi ishlar vaziri prezidentning tegishli farmoni bilan boshqa ishga o‘tdi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Vladimir Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlandi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Vladimir Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Vladimir Norov 1955-yilda Buxoroda tug‘ilgan. Buxoro pedagogika institutini bitirgan. U 2017-2019 yillarda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori lavozimida ishlagan.
U 2006-2010 yillarda tashqi ishlar vaziri, keyin prezidentning davlat maslahatchisi, O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi va boshqa lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
2019-2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi lavozimini egallagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentabr oyida O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan edi. Dekabr oyida esa Norov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etilgan.
Yangiliklar lentasi
0