Stol tennisi: o‘zbekistonlik sportchilar JARda o‘tadigan JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi

© pixabay.com/ anncapicturesNastolniy tennis
Nastolniy tennis - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2023
Obuna bo‘lish
Rozalina Xadjayeva va Marhabo Magdiyeva Qatarda o‘tayotgan dunyo birinchiligiga yo‘llanma beruvchi musobaqada muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Stol tennischilar Rozalina Xadjayeva va Marhabo Magdiyeva Janubiy Afrika Respublikasida (JAR) o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Sportchilar Qatarda o‘tayotgan dunyo birinchiligiga yo‘llanma beruvchi musobaqada muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Ular juftlik dasturida 1/16 finalda koreyalik raqibalariga imkoniyatni boy berishgan edi.
Shundan so‘ng JChga yo‘llanma beruvchi qo‘shimcha 4 ta o‘rin uchun kurashda qozog‘istonlik Anastassiya Lavrova hamda Angelina Romanovskaya ustidan 4:2 hisobida g‘alabaga erishishdi.
© Milliy olimpiya qo‘mitasi Stol tennisi
Stol tennisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2023
Stol tennisi
Sportchilarning ma’lum qilishicha, ushbu g‘alaba ular uchun 20-28 may kunlari Durban shahri mezbonlik qiladigan jahon chempionati eshiklarini ochdi.
Yangiliklar lentasi
0