Qor ostida qolgan daraxtlarni tozalash ishlari boshlandi – video

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovKak jivet Tashkent v morozi
Kak jivet Tashkent v morozi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2023
Obuna bo‘lish
Tabiat resurslari vazirligi xodimlari daraxtlarning qalin qordan shikastlanishini oldini olish maqsadida ularning shoxlaridagi qorlarni tushirish ishlarini olib borishdi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Poytaxtda qor ostida qolgan daraxtlarni tozalash ishlari boshlandi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi xabar berdi.
Vazirlik xodimlari daraxtlarning qalin qordan shikastlanishini oldini olish maqsadida ularning shoxlaridagi qorlarni tushirish ishlarini olib borishdi.

Xabarda fuqarolarga bahorda ekilgan ko‘chatlarni bemalol qo‘l bilan silkitib, yukini yengillashtirish va uni sinmaydigan holatga keltirishda faol bo‘lish tavsiya etilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha respublikaning barcha hududlarida qalin qor yog‘di. Barcha ko‘chalar, daraxtlar oppoq qorga burkandi. Shu munosabat bilan joylarda yo‘llarni qordan tozalash maqsadida qum-tuz aralashmasi sepilmoqda. Obodonlashtirish xodimlari ham yo‘l chetidagi qorlarni tozalash ishlarini olib borishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0