O‘zbekistonga noqonuniy olib kelingan kiyik hayvonot bog‘iga topshirildi - foto

Obuna bo‘lish
Kiyik avtotransport vositasida tegishli hujjatlarsiz olib ketilayotgan bo‘lgan - tafsilotlar.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekistonga olib kelingan Yevropa kiyigi Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kiyik avtotransport vositasida tegishli hujjatlarsiz olib ketilayotgan bo‘lgan. Shu sababli ushbu holatga aniqlik kiritilgunga qadar u vaqtinchalik saqlash uchun Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan.
Ma’lumot uchun, mazkur kiyik yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan hayvonlarning bir turi hisoblanadi va u CITES konvensiyasining I ilovasiga kiritilgan. Bu turlarni tijorat maqsadida eksport, reeksport va import qilish taqiqlanadi.
© Tabiat resurslari vazirligi
Yevropa kiyigi  - Sputnik O‘zbekiston
1/2
© Tabiat resurslari vazirligi
Yevropa kiyigi  - Sputnik O‘zbekiston
2/2
Yangiliklar lentasi
0