https://oz.sputniknews.uz/20230111/ozbekiston-koronavirus-kraken-31403525.html
O‘zbekistonda koronavirusning yangi “kraken” varianti aniqlanganmi
O‘zbekistonda koronavirusning yangi “kraken” varianti aniqlanganmi
Sputnik O‘zbekiston
“Kraken” (SARS-CoV-2 XBB.1.5 kichik turi) birinchi marta 2022-yil 22-oktabrda AQShda aniqlandi. ECDC ma’lumotlariga ko‘ra, u juda tez tarqamoqda.
2023-01-11T18:20+0500
2023-01-11T18:20+0500
2023-01-11T18:23+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
o‘zbekiston
sanitariya-epidemiologiya xizmati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/13/21846000_0:157:1920:1237_1920x0_80_0_0_bf853d8acb04feade0ca043d0f5e5f78.jpg
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Shu kunlarda dunyoning ayrim mamlakatlarida koronavirusning yanada yuqumliroq bo‘lgan “kraken” varianti tarqalmoqda. Kuni kecha u Gruziyada ham aniqlandi.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati axborot xizmati rahbari Maftuna Saidovaning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, kovidning bu varianti O‘zbekistonda aniqlanmagan.“Kraken” (SARS-CoV-2 XBB.1.5 kichik turi) birinchi marta 2022-yil 22-oktabrda AQShda aniqlandi. Kasalliklar profilaktikasi va nazorati bo‘yicha Yevropa markazi (ECDC) ma’lumotlariga ko‘ra, u juda tez tarqamoqda. Yangi tur allaqachon Daniya, Fransiya, Avstriya, Niderlandiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Shvetsiya, Islandiya, Belgiya, Chexiya, Portugaliya va Irlandiyada aniqlangan.Virusologlarning so‘zlariga ko‘ra, yangi turdagi "kraken" avvaldan ma’lum bo‘lgan koronavirusning "omikron" shtammiga o‘xshaydi, chunki uning variantlaridan biri hisoblanadi va alohida jiddiy xususiyatlarga ega emas.Ma’lum qilinishicha, bu turning yagona farqli jihati - "omikron"ning ilk variantlari bilan kasallanganlarga yuqish qobiliyati bo‘lishi mumkin.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/13/21846000_271:0:1920:1237_1920x0_80_0_0_f23c8a0e9274370ecd479b4d2c2747fa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston kraken koronavirus shtammi
o‘zbekiston kraken koronavirus shtammi
O‘zbekistonda koronavirusning yangi “kraken” varianti aniqlanganmi
18:20 11.01.2023 (yangilandi: 18:23 11.01.2023) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati O‘zbekistonda koronavirusning yangi “kraken” varianti aniqlanganmi degan savolga javob berdi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Shu kunlarda dunyoning ayrim mamlakatlarida koronavirusning yanada yuqumliroq bo‘lgan “kraken” varianti tarqalmoqda. Kuni kecha u Gruziyada ham aniqlandi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati axborot xizmati rahbari Maftuna Saidovaning
Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, kovidning bu varianti O‘zbekistonda aniqlanmagan.
“Koronavirusning yangi "kraken" shtammi O‘zbekistonda qayd etilmagan. Agar kuzatilgan bo‘lganida, bu rasman elon qilingan bo‘lar edi”, - deya javob berdi Saidova respublikada “kraken” aniqlanganmi degan savolga.
“Kraken” (SARS-CoV-2 XBB.1.5 kichik turi) birinchi marta 2022-yil 22-oktabrda AQShda aniqlandi. Kasalliklar profilaktikasi va nazorati bo‘yicha Yevropa markazi (ECDC) ma’lumotlariga ko‘ra, u juda tez tarqamoqda. Yangi tur allaqachon Daniya, Fransiya, Avstriya, Niderlandiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Shvetsiya, Islandiya, Belgiya, Chexiya, Portugaliya va Irlandiyada aniqlangan.
Virusologlarning so‘zlariga ko‘ra, yangi turdagi "kraken" avvaldan ma’lum bo‘lgan koronavirusning "omikron" shtammiga o‘xshaydi, chunki uning variantlaridan biri hisoblanadi va alohida jiddiy xususiyatlarga ega emas.
Ma’lum qilinishicha, bu turning yagona farqli jihati - "omikron"ning ilk variantlari bilan kasallanganlarga yuqish qobiliyati bo‘lishi mumkin.