Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Moskva va Kiyev qishdan keyin muloqotga qaytishi mumkin – amerikalik admiral

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishPeregovori Rossii i Ukraini v Gomelskoy oblasti
Peregovori Rossii i Ukraini v Gomelskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2023
Obuna bo‘lish
Sobiq harbiyning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarga qaytish 2023-yil o‘rtalarida kutilmoqda.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. NATOning Yevropadagi kuchlarining sobiq qo‘mondoni, AQSh harbiy-dengiz kuchlarining iste’fodagi admirali Jeyms Stavridisning fikricha, Rossiya va Ukraina qishdan keyin tinchlik muzokaralariga qaytishi mumkin.

“Afsuski, muzokaralar olib borish mumkin bo‘lgan birinchi imkoniyat qishdan keyin paydo bo‘ladi”, - deya Stavridisning so‘zlarini keltirmoqda “Newsweek”.

Sobiq harbiyning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarga qaytish 2023-yil o‘rtalarida kutilmoqda.
Avvalroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Ukraina muammosini muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga tayyorligini, maqsadlarga tinch yo‘l bilan erishish afzalroq variant ekanini aytgandi. Biroq u Ukrainada Rossiya tomoni bilan muzokaralar olib borishni taqiqlovchi qonun mavjud ekan, muzokaralar o‘tkazishni imkoniyati yo‘qligini ta’kidlagandi.
Yangiliklar lentasi
0