Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 11-yanvarning asosiy xabarlari

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishVoyennaya podgotovka voyennoslujashix na Zaporojskom napravlenii
Voyennaya podgotovka voyennoslujashix na Zaporojskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2023
Obuna bo‘lish
Soledar yaqinda Rossiya kuchlari qo‘liga o‘tadi. Ayni damda ushbu shahar uchun jiddatli janglar ketmoqda.
TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Ukraina hududida maxsus harbiy operatsiyani davom ettirmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti:

Kupansk yo‘nalishida 30 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar va ikkita avtomobil yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida artilleriya va aviatsiya yordamida DXRning Torskoe hamda LXRning Chervonaya Dibrova, Makeyevka va Chervonopopovka aholi punktlari hududlarida UQKning 95 va 80 havo hujumi va 25-havo-desant brigadalarining hujum guruhlarini mag‘lub etdi.

LXRning Kuzmino aholi punkti va Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining to‘rtta diversion-razvedka guruhi yo‘q qilindi. Ukraina Qurolli Kuchlarining ushbu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 90 nafar ukrainalik harbiy xizmatchilarni, ikkita zirhli jangovar texnikani va uchta transport vositasini tashkil qildi.
Donesk yo‘nalishida muvaffaqiyatli hujum operatsiyasi natijasida DXRninng Podgorodnoe aholi punkti ozod qilindi.
Soledar uchun janglar bormoqda. Havo-desant bo‘linmalari shaharning shimoliy va janubiy qismlaridan to‘sib qo‘yishdi. Rossiya Aerokosmik kuchlari dushman istehkomlariga zarba bermoqda. Shaharda hujum otradlari jang qilmoqda.
UQKning 61-mexaniklashtirilgan va 17-tank brigadalari bo‘linmalarini o‘qqa tutish natijasida 80 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchilar, bitta tank, uchta zirhli jangovar mashina va ikkita avtomobil yo‘q qilindi.
Janubiy-Donetsk yo‘nalishida DXRning Nikolskoe, Prechistovka va Novoselka aholi punktlari hududlarida UQKning 25 nafargacha harbiy xizmatchisi, bir piyoda jangovar mashinasi va ikkita avtomashina yo‘q qilindi.
DXRning Artemovsk shahri yaqinida UQKning 57-motoo‘qchilar brigadasi bataloni qo‘mondonlik va kuzatuv punkti tezkor-taktik va armiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlariga artilleriya zarbasi berildi. Kun davomida UQKning 74 ta artilleriya bo‘linmasi, 113 ta tumandagi askarlari va harbiy texnikasi zarbaga uchradi.
Quyidagilar yo‘q qilindi:
Xarkov viloyati, Kotovka aholi punkti yaqinida "Uragan" ko‘p raketa tizimi;
DXRning Belogorovka aholi punkti yaqinida AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi;
DXRning Raygorodok posolkasi hududida Ukrainaning ikkita 2S7 "Pion" o‘ziyurar quroli, Donetsk Xalq Respublikasining Kolodezi posolkasi hududida D-20 tortma gaubitsasi;
Xarkov viloyatining Berestovoe va DXRning Pobeda aholi punktlari hududlarida ikkita D-30 gaubitsasi, DXRning Pavlovka posolkasi hududida o‘ziyurar 2S1 "Gvozdika" gaubitsasi;
DXRning Artemovsk shahri va Dzerjinsk shaharlari hududida AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 va AN/TPQ-36 aksil-akkumulyator radarlari yo‘q qilindi.
DXRning Popov Yar qishlog‘i yaqinida Rossiya havo kuchlari samolyoti Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-27 samolyotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari bir sutka davomida DXRning Pavlovka va LXRning Kreminnaya aholi punktlari hududlarida Ukrainaning ikkita uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
DXRning Debalsevo, Yenakiyevo va LXRning Kartamishevo aholi punktlari hududlarida beshta HIMARS va "Olxa" ko‘p raketa tizimlarining raketasitutib olindi. LXRning Branka qishlog‘i yaqinida Amerikaning "HARM" antiradar raketasi urib tushirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina jami 371 ta samolyot, 200 ta vertolot, 2868 ta uchuvchisiz uchish apparati, 400 ta zenit-raketa kompleksi, 7473 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 976 ta ko‘p raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 3809 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 8006 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0