Samo sari yo‘l: Kosmonavtlarni tayyorlash markazi 63 yoshda

Obuna bo‘lish
Roppa-rosa 63-yil avval, 1960-yil 11-yanvarda SSSR Kosmonavtlarni tayyorlash markazi tashkil etilgandi.
1960 yil mart oyida markazga kosmonavtlarning birinchi otradi yetib kelgan. Birinchi otrad uchun yoshi 35, bo‘yi 175 sm, vazni 75 kgacha bo‘lgan 20 nafar harbiy qiruvchi uchuvchilar tanlab olingan.
Nomzodlar mutlaqo sog‘lom bo‘lishi talab qilingan, shuning uchun yuzlab tadqiqotlardan o‘tgan. Ular cho‘l, dengiz va taygada omon qolish bo‘yicha imtihonlar topshirgan.
1961 yil yanvarida 6 nafar ilk kosmonavtlar “Vostok” kemasini boshqarish bo‘yicha imtihon topshirgan 1961-yil 12-aprelda Yuriy Gagarin koinotni zabt etgan ilk insonga aylandi.
1968 yilda markazga Gagarin nomi berilgan.
Yangiliklar lentasi
0