https://oz.sputniknews.uz/20230111/kimlar-imtiyozli-tibbiy-sugurta-xizmatlaridan-foydalana-oladi-31391409.html
Kimlar imtiyozli tibbiy sug‘urta xizmatlaridan foydalana oladi?
Kimlar imtiyozli tibbiy sug‘urta xizmatlaridan foydalana oladi?
Sputnik O‘zbekiston
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi shartnoma tuzgan tibbiyot muassasalarida imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga ko‘rsatilgan xizmat uchun sarflangan xarajatlar... 11.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-11T14:27+0500
2023-01-11T14:27+0500
2023-01-11T14:27+0500
jamiyat
sug‘urta
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/19/24200650_0:124:3151:1896_1920x0_80_0_0_75496463ae09299e3cf962c03675acf8.jpg
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yilda imtiyozli toifadagi shaxslarni davolash xarajatlarini qoplash uchun jami 662,8 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.“Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi respublika hududida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash tizimiga o‘tkazilgan davlat tibbiyot muassasalarida hamda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxatiga kiritilgan kasalliklarni davolash xarajatlarini bazaviy narxlarda to‘liq qoplab beradi”, - dedi jamg‘arma boshqarma boshlig‘i Shuhrat Almardonov Sputnik muxbiri bilan suhbatda.Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash tizimiga 14 ta respublika darajasidagi, 2022-yil 1-oktabrdan 12 ta respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi qo‘shilgan.“Jumladan Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Bolalar milliy tibbiyot markazi Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini sanab o‘tish mumkin”, - dedi Almardonov.Jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan tibbiyot muassasalarida imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga ko‘rsatilgan barcha turdagi yuqori yuqori texnologik tibbiy yordam uchun sarflangan xarajatlar davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi va bemorlar uchun tibbiy xizmatlar bepul ko‘rsatiladi.Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi boshqarma boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 52 ta hududiy tibbiyot muassasalari va 33 ta nodavlat tibbiyot tashkilotlari bu jarayonlarga jalb etilgan. Ular bemorlarning o‘z yashash hududlarida yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini yaratishmoqda. Natijada bemorlarning Toshkent shahriga kelib, ovora bo‘lishlarining oldi olinib, ularning vaqti va mablag‘lari tejalmoqda.Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi 2022-yil davomida 58 ming nafar bemor davolanishi uchun davlat budjetidan 556,1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirdi.2022 yil Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amalga oshirilgan endovaskulyar operatsiyalar soni 160 tani tashkil etdi. Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi buning 2 milliard so‘mini qoplab bergan. Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 25 nafar bemorda jigar, 270 nafar bemorda buyrak transplantatsiyasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan.Ta’kidlanishicha, gemodializ xizmatlari uchun to‘lovlar 2023-yildan boshlab Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, davlat budjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar ro‘yxati hamda bazaviy narxlari yanada takomillashtiriladi.Respublikaning ikkita hududida tibbiy sug‘urta tizimi joriy etiladi
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/19/24200650_350:0:3081:2048_1920x0_80_0_0_124e24538802a3ba5f2353b1efead2c8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, sug‘urta, o‘zbekiston
jamiyat, sug‘urta, o‘zbekiston
Kimlar imtiyozli tibbiy sug‘urta xizmatlaridan foydalana oladi?
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi shartnoma tuzgan tibbiyot muassasalarida imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga ko‘rsatilgan xizmat uchun sarflangan xarajatlar davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yilda imtiyozli toifadagi shaxslarni davolash xarajatlarini qoplash uchun jami 662,8 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
“Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi respublika hududida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash tizimiga o‘tkazilgan davlat tibbiyot muassasalarida hamda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxatiga kiritilgan kasalliklarni davolash xarajatlarini bazaviy narxlarda to‘liq qoplab beradi”, - dedi jamg‘arma boshqarma boshlig‘i Shuhrat Almardonov Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslarga bolalikdan nogironlar, chin yetimlar, I va II guruh nogironlari, urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironlar, Baynalmilalchi-jangchilar, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari va boshqalar kiradi.
Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash tizimiga 14 ta respublika darajasidagi, 2022-yil 1-oktabrdan 12 ta respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi qo‘shilgan.
“Jumladan Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Bolalar milliy tibbiyot markazi Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini sanab o‘tish mumkin”, - dedi Almardonov.
Jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan tibbiyot muassasalarida imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga ko‘rsatilgan barcha turdagi yuqori yuqori texnologik tibbiy yordam uchun sarflangan xarajatlar davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi va bemorlar uchun tibbiy xizmatlar bepul ko‘rsatiladi.
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi boshqarma boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 52 ta hududiy tibbiyot muassasalari va 33 ta nodavlat tibbiyot tashkilotlari bu jarayonlarga jalb etilgan. Ular bemorlarning o‘z yashash hududlarida yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini yaratishmoqda. Natijada bemorlarning Toshkent shahriga kelib, ovora bo‘lishlarining oldi olinib, ularning vaqti va mablag‘lari tejalmoqda.
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi 2022-yil davomida 58 ming nafar bemor davolanishi uchun davlat budjetidan 556,1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirdi.
2022 yil Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amalga oshirilgan endovaskulyar operatsiyalar soni 160 tani tashkil etdi. Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi buning 2 milliard so‘mini qoplab bergan. Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 25 nafar bemorda jigar, 270 nafar bemorda buyrak transplantatsiyasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan.
Ta’kidlanishicha, gemodializ xizmatlari uchun to‘lovlar 2023-yildan boshlab Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, davlat budjeti mablag‘lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar ro‘yxati hamda bazaviy narxlari yanada takomillashtiriladi.