Ishonchli xabarlardan feyklar ko‘p - Kreml Turkiyaning Ukrainaga qurol yetkazib berishi haqida

© Sputnik / Aleksey MayshevGosudarstvenniy Istoricheskiy muzey i Moskovskiy Kreml.
Gosudarstvenniy Istoricheskiy muzey i Moskovskiy Kreml. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2023
Obuna bo‘lish
Ishonchli va rost xabarlardan ko‘ra feyklari ko‘proq. Shuning uchun, bularning barchasini diqqat bilan kuzatib boramiz, dedi Peskov.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Turkiya Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berishni boshlagani haqidagi xabarlarga ishonish qiyin, Kreml vaziyatni kuzatmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Rossiya va Turkiya hamkor ekanini eslatgan holda ma’lum qildi.

“Bu yerda, albatta, bu xabarlarning ishonchliligi haqida gapirish qiyin. Bilasiz, ishonchli va rost xabarlardan ko‘ra feyklari ko‘proq. Shuning uchun, albatta, biz bularning barchasini diqqat bilan kuzatib boramiz”, - dedi Peskov.

Peskov Turkiyaning Ukrainaga "Bayraktar" dronlarini yetkazib berishini eslatib o‘tdi va Turkiyaning NATO a’zosi sifatida “o‘z majburiyatlari borligini” qayd etdi.

“Shu bilan birga, bizni Turkiya bilan o‘zaro manfaat, o‘zaro tushunish, o‘zaro hurmat va eng murakkab muammolarni muhokama qilishga tayyor bo‘lishga asoslangan hamkorlik munosabatlari hamon birlashtiradi”, - dedi Peskov.

Avvalroq “Foreign Policy” nashri AQSh va YeI vakillariga tayanib, Turkiya 2022-yil noyabridan beri Ukrainaga Amerika namunasidagi kassetali o‘q-dorilar yetkazib berayotgani haqida xabar bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0