Baydenning ofisidan topilgan maxfiy hujjatlar Ukrainaga tegishli – OAV

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishDjo Bayden, arxivnoe foto
Djo Bayden, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, hujjatlar 2013-2016 yillarga tegishli.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Vashingtondagi tahlil markazidan topilgan Jo Bayden vitse-prezidentligi davriga oid maxfiy hujjatlar Ukraina va Eron bo‘yicha razvedka ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan, deb xabar berdi CNN.

“O‘tgan yilning kuzida Bayden vitse-prezidentlik davridagi shaxsiy idoradan topilgan maxfiy hujjatlar orasida razvedka ma’lumotlari va Ukraina, Eron va Buyuk Britaniya bo‘yicha brifinglar materiallari ham bor edi”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, hujjatlar 2013-2016 yillarga tegishli.
Avvalroq AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning vitse-prezidentlik davridagi maxfiy hujjatlar unga aloqador Vashingtondagi tahlil markazidan topilgani haqida xabar berilgandi.
AQSh yetakchisi vitse-prezident bo‘lgan davrga oid materiallar noyabr oyi boshida bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlar arafasida uning ishonchli shaxslari tomonidan topilgan. Hujjatlar zudlik bilan milliy arxivga topshirilgan, biroq Adliya vazirligi ularning shaxsiy idoraga qanday kirib qolganini tekshirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0