https://oz.sputniknews.uz/20230110/sovqotishni-anglatuvchi-iboralar-31374966.html
“Tarashaday qotdim”: o‘zbek tilida sovqotishni anglatuvchi iboralar haqida
“Tarashaday qotdim”: o‘zbek tilida sovqotishni anglatuvchi iboralar haqida
Sputnik O‘zbekiston
G‘ayritabiiy sovuq ob-havo o‘zbek tilda sovuq qotishni anglatuvchi iboralar qanchalik ko‘pligini yodga soldi. 10.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-10T17:10+0500
2023-01-10T17:10+0500
2023-01-10T17:10+0500
jamiyat
sovuq
o‘zbek tili
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/09/31352897_0:257:2731:1793_1920x0_80_0_0_733bc3be1a57b4d88a8aeda03eb1bc39.jpg
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Shu kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab g‘ayritabiiy sovuq ob-havo kuzatilmoqda. Qish qishligini qilyapti, desak ham bo‘ladi.O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, sovuq ob-havo shu haftaning oxirigacha saqlanib turadi. Eng kuchli sovuq respublika shimolida kechalari −20…−25 darajagacha, Usturtda va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida −27…−30 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.Sovuq tushishi bilan odamlar sovuq qotishni anglatuvchi iboralardan keng foydalanishni boshlashadi. O‘zbek tili shu qadar boyki, kishi sovuq qotgani, ayoz uning suyak-suyagidan o‘tib ketganini chiroyli so‘zlar bilan ifodalashi mumkin.Sir emaski, sovuq kunlar asosan qor yog‘ishi bilan boshlanadi. Yog‘ayotgan qorni ham turlicha ta’riflasa bo‘ladi. Masalan, qor katta-katta yog‘ayotgan bo‘lsa, “laylak qor yog‘apti” deyishadi. Qushning bu qorga nima daxli borligi haqida ko‘pchilik o‘ylab ham o‘tirmaydi.O‘ta sovuq qotgan kishi buni bildirish uchun “sovuqda tarashaday qotdim”, “sovuq va qor ko‘z ochirmayapti”, “eshakni o‘ldiradigan sovuq bo‘lyapti-a”, “zap chaqadigan sovuq bo‘ldi-da”, “sovuq yedim” kabi iboralarni qo‘llashi mumkin.Albatta, yuqorida keltirgan misollarimiz xatir uchidan patir. Bunga o‘xshash iboralar o‘zbek tilida qanchadan-qancha. Bu ham o‘zbek tilining chunonam boyligi, chiroyligidan dalolat beradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/09/31352897_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_2b56bf5f18f5c0e68e6fb23ed27838d0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, sovuq, o‘zbek tili
jamiyat, sovuq, o‘zbek tili
“Tarashaday qotdim”: o‘zbek tilida sovqotishni anglatuvchi iboralar haqida
G‘ayritabiiy sovuq ob-havo o‘zbek tilda sovuq qotishni anglatuvchi iboralar qanchalik ko‘pligini yodga soldi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Shu kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab g‘ayritabiiy sovuq ob-havo kuzatilmoqda. Qish qishligini qilyapti, desak ham bo‘ladi.
O‘zgidromet
ma’lumotlariga ko‘ra, sovuq ob-havo shu haftaning oxirigacha saqlanib turadi. Eng kuchli sovuq respublika shimolida kechalari −20…−25 darajagacha, Usturtda va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida −27…−30 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.
Sovuq tushishi bilan odamlar sovuq qotishni anglatuvchi iboralardan keng foydalanishni boshlashadi. O‘zbek tili shu qadar boyki, kishi sovuq qotgani, ayoz uning suyak-suyagidan o‘tib ketganini chiroyli so‘zlar bilan ifodalashi mumkin.
Sir emaski, sovuq kunlar asosan qor yog‘ishi bilan boshlanadi. Yog‘ayotgan qorni ham turlicha ta’riflasa bo‘ladi. Masalan, qor katta-katta yog‘ayotgan bo‘lsa, “laylak qor yog‘apti” deyishadi. Qushning bu qorga nima daxli borligi haqida ko‘pchilik o‘ylab ham o‘tirmaydi.
O‘ta sovuq qotgan kishi buni bildirish uchun “sovuqda tarashaday qotdim”, “sovuq va qor ko‘z ochirmayapti”, “eshakni o‘ldiradigan sovuq bo‘lyapti-a”, “zap chaqadigan sovuq bo‘ldi-da”, “sovuq yedim” kabi iboralarni qo‘llashi mumkin.
Albatta, yuqorida keltirgan misollarimiz xatir uchidan patir. Bunga o‘xshash iboralar o‘zbek tilida qanchadan-qancha. Bu ham o‘zbek tilining chunonam boyligi, chiroyligidan dalolat beradi.