Sobiq Eron prezidentining qizi besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

© Unsplash / Matthew AnsleyTurma. Illyustrativnoe foto
Turma. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2023
Obuna bo‘lish
Fayza Hoshimiy-Rafsanjoniy mamlakatda bo‘lib o‘tgan ommaviy namoyishlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun hibsga olingandi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Eron sudi Eronning sobiq prezidenti Ali Akbar Hoshimiy-Rafsanjoniyning mamlakatdagi yaqinda bo‘lib o‘tgan ommaviy namoyishlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun hibsga olingan qizi Fayza Hoshimiy-Rafsanjoniyni 5-yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda uning advokati Neda Shams ma’lum qildi.

“Fayza Hoshimiy xonim unga qo‘yilgan ayblovlar bo‘yicha vaqtinchalik 5-yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Hukmning tugallanmaganini hisobga olsak, uni sharhlash to‘g‘ri emas”, - deb yozadi Shams o‘zining Twitter sahifasida.

Eron sud tizimidagi “vaqtinchalik hukm” apellyatsiya berish imkoniyatini nazarda tutadi.
Advokatning qo‘shimcha qilishicha, Fayza Hoshimiy hozirda qamoqda, unga nisbatan yana bir qancha ish qo‘zg‘atilgan.
Fayza Hoshimiy islohotchi siyosatchi va parlamentning sobiq a’zosi. U Eron muxolifatining tarafdori edi. Hukumatga qarshi namoyishlarda qatnashgan. U ilk bor 2009-yilda prezidentlik saylovlarida islohotchilar qanoti nomzodlaridan biri Mir Husayn Musaviyni qo‘llab-quvvatlaganida hibsga olingan edi. Keyinchalik u ikki marta 6 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan, shuningdek, besh yil muddatga siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan.
Fayza 2022-yil 27-sentabrda axloq politsiyasi tomonidan hibsga olingan qizning o‘limi munosabati bilan boshlangan ommaviy noroziliklarni qo‘llab-quvvatlagani uchun yana hibsga olingan.
Yangiliklar lentasi
0