Sayyohlar uchun xizmat ko‘rsatish obyektlarini baholash imkoniyati yaratildi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn v Uzbekistane
Povsednevnaya jizn v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2023
Obuna bo‘lish
Sayyohlar maxsus havola orqali o‘z taklif va e’tirozlarini bildirishlari mumkin bo‘ladi. Ular foto yoki videofayllar ko‘rinishida ham qabul qilinadi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar xizmat ko‘rsatish obyektlari borasidagi fikrlarini maxsus so‘rovnoma orqali bildirishlari mumkin. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
“Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi o‘zining rasmiy veb-saytida turistlarning joylashtirish vositalaridan qoniqish darajasini aniqlash uchun so‘rovnoma joriy qilgan.
So‘rovnomada quyidagilar bo‘yicha o‘z fikr bildirish imkoniyati yaratilgan:
umumiy ovqatlanish obyektlari;
ziyorat obyektlari;
ma’lumot beruvchi obyektlar;
ko‘ngilochar obyektlar;
yashash joyida xizmat sifatini baholash so‘rovnomasi;
transport va davolash-sog‘lomlashtirish obyektlari.
Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalaridagi xizmat ko‘rsatish sifatidan norozi bo‘lgan mehmonlar maxsus havolasi orqali o‘z taklif va e’tirozlarini bildirishlari mumkin.
Shuningdek, sayyohlar o‘z taklif va e’tirozlarini tizimga yuklangan foto yoki videofayllar ko‘rinishida qoldirish imkoniyatiga ega.
Samolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose aeroportovogo kompleksa Platov v Rostove-na-Donu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Aviatashuvchilarga ichki turizm uchun subsidiya ajratish muddati uzaytirildi
Yangiliklar lentasi
0