Qor, tuman va yaxmalak – bugun qanday ob-havo kuzatiladi?

© SputnikTashkent
Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning ayrim hududlarida shamol 7-20 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda tuman tushishi, yo‘llarda yaxmalak yuzaga kelishi mumkin.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Bugun respublika bo‘ylab qor yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
O‘zbekistonning ayrim hududlarida shamol 7-20 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda tuman tushishi, yo‘llarda yaxmalak yuzaga kelishi mumkin.
Hududlarda quyidagicha ob-havo kuzatiladi:
Toshkent - harorat kechasi va kunduzi -2-4 daraja sovuq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati - harorat kechasi -15-20 daraja sovuq, kunduzi -5-10 daraja sovuq;
Buxoro va Navoiy viloyatlari - harorat kechasi va kunduzi -3-8 daraja sovuq;
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari - harorat kechasi va kunduzi -0-5 daraja sovuq;
Qashqadaryo viloyati - harorat kechasi va kunduzi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq;
Surxondaryo viloyati - harorat kechasi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, kunduzi +0-5 daraja iliq;
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari - harorat kechasi va kunduzi -0-5 daraja sovuq.
Respublikaning tog‘li hududlarida qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushadi. Qor ko‘chish xavfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Harorat kechasi va kunduzi -3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0