https://oz.sputniknews.uz/20230110/natoning-kievga-harbiy-yordami-yangi-darajaga-chiqdi-31378439.html
NATOning Kiyevga harbiy yordami yangi darajaga chiqdi
NATOning Kiyevga harbiy yordami yangi darajaga chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Yil boshidan NATO Rossiyaga qarama-qarshilikka katta pul tikmoqda – alyansning bir nechta davlatlari Kiyevga og‘ir zirhli texnikani va’da qilyapti. 10.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-10T22:00+0500
2023-01-10T22:00+0500
2023-01-10T22:00+0500
kolumnistlar
nato
ukraina
qurol-yarog‘
germaniya
fransiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0a/31377899_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_c5554c7fe6683c2fa0502df4d2743a14.jpg
Hozircha gap jangovar piyoda mashinalari, o‘ziyurar artilleriya o‘rnatmalari va doirali tanklar haqida ketmoqda. Ammo, ayrim mamlakatlar yanada jiddiyroq texnika yetkazish niyatida.“Sahrodagi bo‘ron” veteraniOq uy Ukrainaga navbatdagi (hozircha eng yirik) 3,75 milliard dollarlik harbiy yordam paketini tasdiqladi. Unga ko‘ra, Kiyev 100 ta g‘ildirakli M113 zirhli transportorlari, 200 ga yaqin g‘ildirakli yo‘ltanlamas avtomashinalari, 105 mm kalibrli 36 ta shatakka olinadigan gaubitsalar, turli kalibrli o‘q-dorilar, jihozlar va uskunalar qabul qilib oladi.Ro‘yxatda 50 ta M2 Bradley piyoda askarlar jangovar mashinalari jangovar komplektlari bilan ham bor. G‘arbning bunday darajadagi bronetexnikasi hali to‘qnashuv maydonida bo‘lmagan.Ma’lumki, ukrainlarga M2A2 ODS modifikatsiyasidagi 50 ta jangovar piyoda mashinalari ajratilgan. U Iroq kampaniyasini hisobga olgan holda 1990-yillarda g‘ildiraklarga o‘rnatilgan. Yangilanishning eng muhim elementi - FBCB2 (Force XXI Battle Command Brigade and Below) – jangovar axborot –boshqariladigan tizimi. Tizim barcha sun’iy yo‘ldoshlar va jangovar bo‘lgan shunday uskunalar bilan razvedka ma’lumotlar almashishga imkon beradi. FBCB2 kompyuter displeyida do‘st va dushman kuchlarining joylashuvini yer yuziga qarab ko‘rsatadi.Berlin va ParijdanYangi ta’minot haqida Germaniya ham ma’lum qildi. Berlin yilning birinchi choragida Ukraina Qurolli Kuchlariga 40 ta Marder jangovar piyoda mashinalarini yetkazib berishni bo‘yniga oldi. Ushbu qaror Bundestagda katta tanqidlarga uchradi. Germaniyaning Xristian-demokratik ittifoqi deputati Xenning Ottening aytishicha, “endi Bundestag o‘z omborlarini quruq qoldirishga majbur bo‘lmoqda, texnika esa shundoq ham eng yomon holatda”.Unda yap-yangi Puma jangovar piyoda mashinalari bilan bo‘lgan mojaro ham eslatib o‘tilgan. O‘shanda mashinalarning juda ko‘pi jangovar harakatlarga sifatsiz deb topilgan edi.UQKga aynan qaysi modifikatsiyasi yuborilishi haqida ma’lumot ochiqlanmagan. Eng so‘nggisi bo‘lishi esa amri mahol. Eng so‘nggi va zamonaviy Marder A5 va Marder A5A1 modellari Germaniya armiyasining o‘zida 100 tadan ko‘proq, xolos. A3 va A4 modellar esa o‘ttiz yoshdan oshgan. Ammo, A3 ham 30 millimetrlik BMP-2 pushkasi bilan zirhli texnikalar orasida mustahkam turib berishi mumkin, shu sababli uni bu ro‘yxatdan chiqarmagan ma’qul.“Yuqori texnologik variantlar”NATO yuboradigan qurollar safini kengaytirishga tayyor. Ukrainaga yangi namunalarni yil so‘nggida jo‘natishlari mumkin, deydi Jahon qurol savdosini tahlil qilish markazi direktori Igor Korotchenko.Endi tanklar haqida ham baralla gapirishmoqda – aslida yarim yil ilgari bu ehtimolni keskin rad etishar edi. The Wall Street Journal yozishicha, Polsha o‘zining Germaniyada ishlab chiqarilgan "Leopard 2" alohida tank batalonini yuborishga tayyor. Endi Varshava shoshilinch ravishda nemis avtomobillari parkini Amerika va Janubiy Koreya avtomobillariga almashtirmoqda. To‘g‘ri, ular ittifoqdoshlarning hatti-harakatlariga qarab ish tutishadi.Aftidan, Xelsinkidan ham yordam kutilmoqda. Hali Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lishga ulgurmagan Finlyandiya hukumati agar boshqa mamlakatlar Kiyevga tanklar yuborsa, mamlakat ham 30 ta "Leopard 2" yuborishi va qarab turmasligini ma’lum qildi.G‘arb tomonidan og‘ir zirhli texnikalar yetkazib berilishi Rossiyaning jangovar vazifalarini murakkablashtirishi mumkin. Agar avval tanklar bo‘yicha ustunlik Moskva tomonda bo‘lgan bo‘lsa, NATO mashinalari bunga yetib olishi mumkin. Biroq, ta’minot hajmi ham avval bo‘lgani kabi frontdagi vaziyatga bog‘liq bo‘lib qolaveradi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Andrey Kos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/438/41/4384134_262:0:2310:2048_100x100_80_0_0_52cf3ba73eab3192ab97df66b0fde5e6.jpg
Andrey Kos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/438/41/4384134_262:0:2310:2048_100x100_80_0_0_52cf3ba73eab3192ab97df66b0fde5e6.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/0a/31377899_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_be60db89d2e41bc72b9c409f26c42791.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Andrey Kos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/438/41/4384134_262:0:2310:2048_100x100_80_0_0_52cf3ba73eab3192ab97df66b0fde5e6.jpg
kolumnistlar, nato, ukraina, qurol-yarog‘, germaniya, fransiya
kolumnistlar, nato, ukraina, qurol-yarog‘, germaniya, fransiya
NATOning Kiyevga harbiy yordami yangi darajaga chiqdi
Yil boshidan NATO Rossiyaga qarama-qarshilikka katta pul tikmoqda – alyansning bir nechta davlatlari Kiyevga og‘ir zirhli texnikani va’da qilyapti.
Hozircha gap jangovar piyoda mashinalari, o‘ziyurar artilleriya o‘rnatmalari va doirali tanklar haqida ketmoqda. Ammo, ayrim mamlakatlar yanada jiddiyroq texnika yetkazish niyatida.
“Sahrodagi bo‘ron” veterani
Oq uy Ukrainaga navbatdagi (hozircha eng yirik) 3,75 milliard dollarlik harbiy yordam paketini tasdiqladi. Unga ko‘ra, Kiyev 100 ta g‘ildirakli M113 zirhli transportorlari, 200 ga yaqin g‘ildirakli yo‘ltanlamas avtomashinalari, 105 mm kalibrli 36 ta shatakka olinadigan gaubitsalar, turli kalibrli o‘q-dorilar, jihozlar va uskunalar qabul qilib oladi.
Ro‘yxatda 50 ta M2 Bradley piyoda askarlar jangovar mashinalari jangovar komplektlari bilan ham bor. G‘arbning bunday darajadagi bronetexnikasi hali to‘qnashuv maydonida bo‘lmagan.
M2 Bradley AQShning quruqlik qo‘shinlari qurollar safiga 1981-yilda kiritilgan va hamon Amerika armiyasining harakatdagi toychog‘i hisoblanadi. Undan turli kampaniyalarda foydalanilgan. Ancha ishonchli, qudratli va himoyalangan, kechayu-kunduz ishlashga qodir bo‘lgan qurol sifatida tavsiya qilinadi. Bortiga olti nafar desantchi sig‘ishi mumkin, 25 millimetrli avtomatik pushka, pulemot, shuningdek, TOW tankka qarshi boshqariladigan raketa bilan jihozlangan. Shu tufayli M2 bronetexnika qiruvchisi sifatida dong taratgan. “Sahrodagi bo‘ron” vaqtida Bradley Abramslarga qaraganda ancha ko‘proq Iroq tanklarini yo‘q qilgan.
Ma’lumki, ukrainlarga M2A2 ODS modifikatsiyasidagi 50 ta jangovar piyoda mashinalari ajratilgan. U Iroq kampaniyasini hisobga olgan holda 1990-yillarda g‘ildiraklarga o‘rnatilgan. Yangilanishning eng muhim elementi - FBCB2 (Force XXI Battle Command Brigade and Below) – jangovar axborot –boshqariladigan tizimi. Tizim barcha sun’iy yo‘ldoshlar va jangovar bo‘lgan shunday uskunalar bilan razvedka ma’lumotlar almashishga imkon beradi. FBCB2 kompyuter displeyida do‘st va dushman kuchlarining joylashuvini yer yuziga qarab ko‘rsatadi.
Albatta 50 tagina bunday mashina Ukraina Qurolli Kuchlarini tarmoqqa asoslangan armiyaga aylantira olmaydi. Biroq, amerikaliklar o‘z qurollari Rossiya qurollariga karshi qanday kurashayotganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari mumkin. Agar tajriba muvaffaqiyatli deya tan olinsa, AQSh o‘z mudofaa salohiyatiga hech qanday zararsiz, ushbu mashinalarni yetkazib berishni ko‘paytiradi. Saqlash bazalarida M2 eski modifikatsiyasidagi 2 mingta mashinalari shunchaki turibdi.
Yangi ta’minot haqida Germaniya ham ma’lum qildi. Berlin yilning birinchi choragida Ukraina Qurolli Kuchlariga 40 ta Marder jangovar piyoda mashinalarini yetkazib berishni bo‘yniga oldi. Ushbu qaror Bundestagda katta tanqidlarga uchradi. Germaniyaning Xristian-demokratik ittifoqi deputati Xenning Ottening aytishicha, “endi Bundestag o‘z omborlarini quruq qoldirishga majbur bo‘lmoqda, texnika esa shundoq ham eng yomon holatda”.
Unda yap-yangi Puma jangovar piyoda mashinalari bilan bo‘lgan mojaro ham eslatib o‘tilgan. O‘shanda mashinalarning juda ko‘pi jangovar harakatlarga sifatsiz deb topilgan edi.
Marder qurollar safiga 1970-yillarda qabul qilingan. Biroq, qurol sifatida 2009-2011 yillarda Afg‘onistonda o‘zini ko‘rsatgan. Bundesver askarlari uning yaxshi himoyalanganligi, 20 millimetrlik tankka qarshi pushkasining yuqori o‘t ochish qudrati va Milan tankka qarshi boshqariladigan raketasi tufayli qadrlashadi.
UQKga aynan qaysi modifikatsiyasi yuborilishi haqida ma’lumot ochiqlanmagan. Eng so‘nggisi bo‘lishi esa amri mahol. Eng so‘nggi va zamonaviy Marder A5 va Marder A5A1 modellari Germaniya armiyasining o‘zida 100 tadan ko‘proq, xolos. A3 va A4 modellar esa o‘ttiz yoshdan oshgan. Ammo, A3 ham 30 millimetrlik BMP-2 pushkasi bilan zirhli texnikalar orasida mustahkam turib berishi mumkin, shu sababli uni bu ro‘yxatdan chiqarmagan ma’qul.
O‘z navbatida fransuzlar g‘ildirakli yengil AMX-10R tankalari bilan saxiylik qilishmoqchi. 1981-yilda foydalanishga topshirilgan, tank minorasi va 105 millimetrli qurolga ega ushbu zirhli mashinalar ko‘plab olovli nuqtalarda jang qilgan. Qurolning kuchi nafaqat yengil zirhli transport vositalari, balki ko‘proq himoyalangan nishonlar bilan ham kurashish uchun yetarli. 6x6 g‘ildirakning joylashishi, yuqori ilgaklari va 300 ot kuchiga ega dvigatel jang maydonidagi pozitsiyalarni tezda o‘zgartirishga imkon beradi.
“Yuqori texnologik variantlar”
NATO yuboradigan qurollar safini kengaytirishga tayyor. Ukrainaga yangi namunalarni yil so‘nggida jo‘natishlari mumkin, deydi Jahon qurol savdosini tahlil qilish markazi direktori Igor Korotchenko.
“Qurollar bilan birgalikda kadrlarni ham tayyorlashmoqda, Tushunish kerak: maxsus harbiy operatsiyani uzaytirish shunga olib keladiki, G‘arb yuqori texnologik tizimlar bilan boshqa variantlar ishlab chiqarayotgan bo‘lishi mumkin. Qurollar oqimi to‘xtamaydi. Bundan tashqari, Amerikaning harbiy sanoat kompleksi NATOning yo‘qotishlarini qoplash uchun butun quvvat bilan ishga tushirilmoqda”, - deydi u.
Endi tanklar haqida ham baralla gapirishmoqda – aslida yarim yil ilgari bu ehtimolni keskin rad etishar edi. The Wall Street Journal yozishicha, Polsha o‘zining Germaniyada ishlab chiqarilgan "Leopard 2" alohida tank batalonini yuborishga tayyor. Endi Varshava shoshilinch ravishda nemis avtomobillari parkini Amerika va Janubiy Koreya avtomobillariga almashtirmoqda. To‘g‘ri, ular ittifoqdoshlarning hatti-harakatlariga qarab ish tutishadi.
Aftidan, Xelsinkidan ham yordam kutilmoqda. Hali Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lishga ulgurmagan Finlyandiya hukumati agar boshqa mamlakatlar Kiyevga tanklar yuborsa, mamlakat ham 30 ta "Leopard 2" yuborishi va qarab turmasligini ma’lum qildi.
Dushanba kuni esa Sky News telekanali xabar berishicha, Buyuk Britaniya Challenger 2 tanklarini jo‘natish haqida o‘ylamoqda. Abramslar borasida esa Vashington hozircha sukut saqlayapti.
G‘arb tomonidan og‘ir zirhli texnikalar yetkazib berilishi Rossiyaning jangovar vazifalarini murakkablashtirishi mumkin. Agar avval tanklar bo‘yicha ustunlik Moskva tomonda bo‘lgan bo‘lsa, NATO mashinalari bunga yetib olishi mumkin. Biroq, ta’minot hajmi ham avval bo‘lgani kabi frontdagi vaziyatga bog‘liq bo‘lib qolaveradi.