“Ippodrom” savdo bozori o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

© Chilonzor buyum savdo kompleksiChilonzor buyum savdo kompleksi
Chilonzor buyum savdo kompleksi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2023
Obuna bo‘lish
Bugun bozordagi soyabonlar qor og‘irligini ko‘tara olmay egilib tushdi. Mazkur hududdagi fuqarolar va tadbirkorlar xavfsizlikni ta’minlash maqsadida evakuatsiya qilindi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Bugundan Chilonzor buyum savdo kompleksi vaqtincha yopildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Qayd etilishicha, bozor hududidagi 3-4 ayvonlar yon tomoni va 5-6 ayvonlar orqa tomonidagi yo‘laklarga o‘rnatilgan soyabonlar qor og‘irligini ko‘tara olmay egilib tushgan.
Mazkur hududdagi fuqarolar va tadbirkorlar xavfsizlikni ta’minlash maqsadida evakuatsiya qilindi. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Bozordagi savdo do‘konlari vaqtincha o‘z faoliyatini to‘xtatib turadi.
IIBB qor qalin sababli mustahkam bo‘lmagan to‘sinlar, soyabonlar va boshqa moslamalar ostida yurmaslikni so‘ragan.
Avvalroq Toshkent hayvonot bog‘i yoqqan qalin qor sabab vaqtincha yopilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0