O‘zbekiston iqlim jihatidan barqaror Pokiston bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etadi

© MIVT UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Pakistana
Flagi Uzbekistana i Pakistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Obuna bo‘lish
Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi xorijiy hamkorlar bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazishi kutilmoqda.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Iqlim jihatidan barqaror Pokiston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Konferensiya Jenevada Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida bo‘lib o‘tadi. Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi xorijiy hamkorlar bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.
Konferensiya ishtirokchilari halokatli suv toshqinlaridan mamlakatni tiklashga yordam berish masalasini muhokama qilishadi.
Tadbirda 250 ga yaqin ishtirokchi, jumladan, yuqori martabali davlat amaldorlari, xususiy donorlar va xalqaro moliya institutlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili sentabr oyida Pokistondagi dahshatli suv toshqinlari bir necha hafta davom etgan. Tinimsiz yoqqan musson yomg‘irlari mamlakatga ko‘p talofat keltirdi.
Rekord darajadagi musson yomg‘irlari va muzliklarning erishi natijasida 8 millionga yaqin aholi o‘z uyidan kuchirilgan. Iqlim o‘zgarishi kamida 1700 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. BMT tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 3 million dollar ajratishini ma’lum qilgan edi.
O‘zbekiston prezidenti xalqaro hamjamiyatni Pokistonga gumanitar yordam ko‘rsatishga chaqirdi
Yangiliklar lentasi
0