https://oz.sputniknews.uz/20230109/kutilayotgan-anomal-sovuqdan-birinchi-galda-kimlar-saqlanishi-kerak-31340146.html
Kutilayotgan anomal sovuqdan birinchi galda kimlar saqlanishi kerak
Kutilayotgan anomal sovuqdan birinchi galda kimlar saqlanishi kerak
Sputnik O‘zbekiston
Anomal sovuq teri va buyrak kasalligi bor bemorlarning umumiy holati yomonlashuviga ham sabab bo‘lishi mumkin.
2023-01-09T12:02+0500
2023-01-09T12:02+0500
2023-01-09T12:02+0500
jamiyat
sovuq
ob-havo
elmira bositxonova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/05/30498163_0:92:1280:812_1920x0_80_0_0_7779b8b1f1a265985bec91a3a30278b5.jpg
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bugundan O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.Natijada 10-15 yanvar sanalarida mamlakatda anomal sovuq kuzatilishi, havo harorati kechalari -12-17 daraja, shimolda tunda -17-22 daraja, Usturt va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida esa -25-27 daraja sovuq bo‘lishi kutilyapti.Bunday anomal harorat inson salomatligiga qanday ta’sir etadi? Uning zararli oqibatlaridan saqlanish usullari nimalardan iborat? Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova shu haqdagi tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.Ta’kidlanishicha, shuningdek, bronx va o‘pka xastaliklari, xususan, bronxial astmaga chalingan bemorlarda kasallikning faol davridagi asoratlar zo‘rayadi. Ya’ni uydan ko‘chaga chiqqanda, bronxospazm yoki stenokardiyaning xuruj qilish xavfi ortadi. Shu sababli bunday insonlar shifokor tavsiyasi bilan yonida doimiy ichib yuradigan dorilarini olib yurishi shart.Uning so‘zlariga ko‘ra, anomal sovuqda alkogol va tamaki iste’mol qilishdan voz kechgan ma’qul. Boisi bu zararli odatlar qon tomirlarini keskin toraytirib, qo‘l va oyoqning qisqa muddatda muzlashiga sabab bo‘lishi mumkin.Shuningdek, sovuq kunlari ertalab, albatta, nonushta qilish kerakligi ta’kidlandi. Aytilishicha, och qolish tananing tez muzlashi va immunitet zaiflashishiga sabab bo‘ladi. Iste’mol qilinadigan taomlar kaloriyasi issiq kunlarga nisbatan 25-30 foizga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bunda issiq va suyuq ovqatlar juda foydali.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/05/30498163_38:0:1243:904_1920x0_80_0_0_37f50a52b016be107f5fe5999bfe7de4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
anomal sovuq o‘zbekiston qish ob xavo toshkent tavsiyalar
anomal sovuq o‘zbekiston qish ob xavo toshkent tavsiyalar
Kutilayotgan anomal sovuqdan birinchi galda kimlar saqlanishi kerak
Qayd etilishicha, anomal sovuq teri va buyrak kasalligi bor bemorlarning umumiy holati yomonlashuviga ham sabab bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bugundan O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.
Natijada 10-15 yanvar sanalarida mamlakatda anomal sovuq kuzatilishi, havo harorati kechalari -12-17 daraja, shimolda tunda -17-22 daraja, Usturt va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida esa -25-27 daraja sovuq bo‘lishi kutilyapti.
Bunday anomal harorat inson salomatligiga qanday ta’sir etadi? Uning zararli oqibatlaridan saqlanish usullari nimalardan iborat? Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova shu haqdagi tavsiyalari bilan
o‘rtoqlashdi.
“Qattiq sovuqda ko‘pincha qon tomirlarining keskin torayishi kuzatiladi. Ayniqsa, gipertoniya, bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, insult va infarktdan keyingi holat, stenokardiya kabi kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarga bunday noqulay ob-havo salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularni bosh va yurak sohasidagi og‘riqlar bezovta qiladi”, - deydi vazir o‘rinbosari.
Ta’kidlanishicha, shuningdek, bronx va o‘pka xastaliklari, xususan, bronxial astmaga chalingan bemorlarda kasallikning faol davridagi asoratlar zo‘rayadi. Ya’ni uydan ko‘chaga chiqqanda, bronxospazm yoki stenokardiyaning xuruj qilish xavfi ortadi. Shu sababli bunday insonlar shifokor tavsiyasi bilan yonida doimiy ichib yuradigan dorilarini olib yurishi shart.
“Qolaversa, anomal sovuq teri va buyrak kasalligi bor bemorlarning umumiy holati yomonlashuviga ham sabab bo‘lishi mumkin. Chunki bunday sharoitda tana a’zolarining muzlab qolish ehtimoli yuqori. Shu bois sovuq qotishning oldini olish uchun ko‘chaga chiqqanda issiq va qalin kiyimlar kiyish lozim. Bunda, qo‘lqop va jun paypoqlardan foydalanish juda muhim. Ayniqsa, bosh va yirik qon tomirlari joylashgan bo‘yin qismini issiq tutish talab etiladi. Sababi bo‘yindagi tomirlar inson bosh miyasini qon bilan ta’minlaydi”, - deydi Bositxonova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, anomal sovuqda alkogol va tamaki iste’mol qilishdan voz kechgan ma’qul. Boisi bu zararli odatlar qon tomirlarini keskin toraytirib, qo‘l va oyoqning qisqa muddatda muzlashiga sabab bo‘lishi mumkin.
“Qattiq sovuq havo inson terisini haddan ortiq quritib yuboradi. Shu bois ko‘chaga chiqishdan avval tarkibida suv bo‘lgan dori vositalarini teriga surtmagan ma’qul. Aksincha, yog‘li kremlarni qo‘llash tavsiya etiladi”, - dedi vazir o‘rinbosari.
Shuningdek, sovuq kunlari ertalab, albatta, nonushta qilish kerakligi ta’kidlandi. Aytilishicha, och qolish tananing tez muzlashi va immunitet zaiflashishiga sabab bo‘ladi. Iste’mol qilinadigan taomlar kaloriyasi issiq kunlarga nisbatan 25-30 foizga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bunda issiq va suyuq ovqatlar juda foydali.