Japarov Qambarota GESning Qirg‘iziston energetikasi uchun ahamiyatini ma’lum qildi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident Kirgizii Sadir Japarov
Prezident Kirgizii Sadir Japarov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Obuna bo‘lish
Japarov ushbu loyihalar amalga oshirilishi bilan Qirg‘izistonni “boshqa davlatlarga elektr energiyasi eksport qiladigan haqiqiy energetikadan mustaqil davlat” deb atash mumkinligiga umid bildirdi.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Qambarota gidro elektr stansiyasi (GES) Qirg‘iziston energetikasining kelajakdagi flagmani bo‘lishini ma’lum qildi.
U Qirg‘iziston energiya resurslariga boy, biroq mamlakat suv resurslarining yuqori qismida joylashganiga qaramay, mustaqillik yillarida yangi GESlar qurishga muvaffaq bo‘lmagani, shu sababli Qirg‘iziston qish paytlarida elektr energiyasini import qilishga majbur bo‘lganini ta’kidladi.
“O‘tgan 30-yil davomida biz ko‘mir, mazut, avval qurilgan GESlar quvvatidan foydalanmoqdamiz. Ayni paytda gidroenergetika salohiyatimizning atigi 10 foizidan foydalanmoqdamiz”, deb yozadi Japarov.
Qirg‘iziston rahbari, uning topshirig‘iga ko‘ra, so‘nggi ikki yil ichida mamlakatda kichik va o‘rta GESlar qurilishi boshlangani, jumladan, eng yirik qurilish maydoni (Qambarota GES) ishga tushirilganini aytdi.
Japarov ushbu loyihalar amalga oshirilishi bilan Qirg‘izistonni “boshqa davlatlarga elektr energiyasi eksport qiladigan haqiqiy energetikadan mustaqil davlat” deb atash mumkinligiga umid bildirdi.
Japarov tashqi qarzni energetika sohasi investitsiyasiga aylantirish tashabbusi bilan chiqdi
Eslatib o‘tamiz, 6-yanvar kuni Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston energetika vazirlari Bishkekda Qambarota GES-1 qurilishi bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi. Uning quvvati 1860 megavatt bo‘lishi kutilmoqda, shuningdek, yiliga 5 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0