“Brigada” yulduzi BDKIning Toshkent filialida dars beradi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishSergey Bezrukov
Sergey Bezrukov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Obuna bo‘lish
BDKIning Toshkent filialida Rossiya xalq artisti Sergey Bezrukovning sentabr oyida aktorlik ustaxonasi ochiladi.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Rossiyalik taniqli aktor Sergey Bezrukov Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (BDKI) Toshkent filialida dars beradi. Bu haqda oliygoh direktori Eldor Yuldashev Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
“BDKIning Toshkent filialida Rossiya xalq artisti Sergey Bezrukovning 2022-2023 o‘quv yili doirasida sentabr oyida aktorlik ustaxonasi ochiladi va u aktorlik mahoratidan o‘z darslarini boshlaydi. Xabaringiz bor, Bezrukov Moskvada allaqachon saboq berishni boshlagan. Yangi o‘quv dasturiga ko‘ra, nazariy darslari onlayn, amaliy darslarini Toshkentga kelib o‘qitadi”, - dedi u.
Yuldashevning so‘zlariga ko‘ra, filialda O‘quv teatri ochishni rejalashtirilmoqda. Bu loyihaga ham Sergey Bezrukov jalb etiladi.
Bundan tashqari, yangi o‘quv yilidan “kinotanqidchilik” va “kinoshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari ochiladi.
Qayd etish joizki, Sergey Bezrukov o‘zining “Brigada” serialidagi Sasha Belov (“Beliy”) obrazi bilan o‘zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil sentabrida Bezrukov XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etib, mahorat darsini o‘tkazgan edi.
Yangiliklar lentasi
0