https://oz.sputniknews.uz/20230109/braziliyadagi-tartibsizliklar-nimalar-sodir-boldi-31344290.html
Braziliyadagi tartibsizliklar: nimalar sodir bo‘ldi
Braziliyadagi tartibsizliklar: nimalar sodir bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru tarafdorlari 8-yanvar kuni politsiya bilan to‘qnashib, Braziliyadagi hukumat binolari – parlament, Federal Oliy sud va davlat rahbarining ishchi qarorgohiga bostirib kirdi.
2023-01-09T13:48+0500
2023-01-09T13:48+0500
2023-01-09T13:48+0500
dunyoda
braziliya
namoyish
tartibsizlik
jair bolsonaru
luis inasiu lula da silva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/09/31341333_0:150:3108:1898_1920x0_80_0_0_9dd3ceca4b08dab9ea517029e0e1f144.jpg
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru tarafdorlari 8-yanvar kuni politsiya bilan to‘qnashib, Braziliyadagi hukumat binolari – parlament, Federal Oliy sud va davlat rahbarining ishchi qarorgohiga bostirib kirdi.Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q. Ko‘plab xalqaro siyosiy arboblar namoyishchilarning harakatlarini qoralab, Braziliyaning amaldagi prezidenti Luis Inasiu Lulu da Silva va uning hukumatini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.Nimalar sodir bo‘ldi?Bolsonaru tarafdorlari oktabrdagi prezidentlik saylovi natijalariga qarshi chiqdi. Braziliya bayroqlari va sariq-yashil liboslar bilan shahar markaziga chiqayotgan olomon namoyishchilar parlament, Federal Oliy sud binolari va davlat rahbarining ishchi qarorgohi hisoblangan Planaltu saroyining oynalarini sindirdi. Ishlanmaydigan kunlarda bo‘sh turgan ma’muriy binolar qo‘riqchilari qoidabuzarlarga qarshi tura olmadi.Braziliya poytaxti federal okrugi harbiy politsiya vertoloti namoyishchilarga qarata granatalar uloqtirgan. Pogromlar boshlanganidan bir necha soat o‘tgach, Braziliyadagi politsiya bo‘linmalari namoyishchilarni ular egallab olgan hukumat binolaridan chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘lgan. Dastlab 30 nafar kishi hibsga olingani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq poytaxt gubernatori Ibaneys Roshi 400 dan ortiq odam hibsga olinganini ma’lum qildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, namoyishlarda 5 mingga yaqin odam qatnashgan.Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, federal hukumat binolaridagi pogromlar paytida vandallar tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan turli san’at asarlari: rasmlar, haykallar, interyer elementlariga zarar yetkazgan yoki o‘zlari bilan olib ketgan. Pogromlar paytida prezident idorasiga zarar yetmagan. Prezident qarorgohi binosiga kirgan hukumatga qarshi namoyishlar ishtirokchilari u yerdan qo‘riqchilarga tegishli qurollarni o‘g‘irlab ketgan.Braziliya bunga qanday munosabatda bo‘ldi?Lula da Silva tarafdorlari bosh prokurordan Braziliyada federal xavfsizlik kuchlaridan foydalanishga ruxsat berishni so‘radi. Braziliya prezidenti mamlakat poytaxtida yakshanba kungi tartibsizliklarda ishtirok etgan vandallarni aniqlashga va ularni jazolashga va’da berdi. U tartibsizliklar munosabati bilan vazirlar bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi.Yanvar oyi oxirigacha Braziliyada favqulodda holat joriy qilindi. Braziliya bosh prokurori Augustu Aras poytaxt Federal okrugi prokuraturasidan Braziliyadagi tartibsizliklar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atishni talab qildi.Braziliya poytaxti federal okrugi gubernatori Ibaneys Roshu vaqtinchalik mintaqa rahbariyatidan chetlashtirildi. U mamlakat prezidentidan, shuningdek, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati rahbariyatidan yakshanba kungi voqealar uchun kechirim so‘radi.Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru uni qo‘llab-quvvatlagan Braziliyada hukumat binolariga hujum qilgan namoyishlar qonunni buzganini aytdi.
braziliya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/09/31341333_189:0:2920:2048_1920x0_80_0_0_e595816477253d18b7d1ce4f0a4ab3b3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
braziliya tartibsizliklar protest protesti jair bolsonaru
braziliya tartibsizliklar protest protesti jair bolsonaru
Braziliyadagi tartibsizliklar: nimalar sodir bo‘ldi
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, namoyishlarda 5 mingga yaqin odam qatnashgan.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru tarafdorlari 8-yanvar kuni politsiya bilan to‘qnashib, Braziliyadagi hukumat binolari – parlament, Federal Oliy sud va davlat rahbarining ishchi qarorgohiga bostirib
kirdi.
Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q. Ko‘plab xalqaro siyosiy arboblar namoyishchilarning harakatlarini qoralab, Braziliyaning amaldagi prezidenti
Luis Inasiu Lulu da Silva va uning hukumatini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Bolsonaru tarafdorlari oktabrdagi prezidentlik saylovi natijalariga qarshi chiqdi. Braziliya bayroqlari va sariq-yashil liboslar bilan shahar markaziga chiqayotgan olomon namoyishchilar parlament, Federal Oliy sud binolari va davlat rahbarining ishchi qarorgohi hisoblangan Planaltu saroyining oynalarini sindirdi. Ishlanmaydigan kunlarda bo‘sh turgan ma’muriy binolar qo‘riqchilari qoidabuzarlarga qarshi tura olmadi.
Braziliya poytaxti federal okrugi harbiy politsiya vertoloti namoyishchilarga qarata granatalar uloqtirgan. Pogromlar boshlanganidan bir necha soat o‘tgach, Braziliyadagi politsiya bo‘linmalari namoyishchilarni ular egallab olgan hukumat binolaridan chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘lgan. Dastlab 30 nafar kishi hibsga olingani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq poytaxt gubernatori Ibaneys Roshi 400 dan ortiq odam hibsga olinganini ma’lum qildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, namoyishlarda 5 mingga yaqin odam qatnashgan.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, federal hukumat binolaridagi pogromlar paytida vandallar tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan turli san’at asarlari: rasmlar, haykallar, interyer elementlariga zarar yetkazgan yoki o‘zlari bilan olib ketgan. Pogromlar paytida prezident idorasiga zarar yetmagan. Prezident qarorgohi binosiga kirgan hukumatga qarshi namoyishlar ishtirokchilari u yerdan qo‘riqchilarga tegishli qurollarni o‘g‘irlab ketgan.
Braziliya bunga qanday munosabatda bo‘ldi?
Lula da Silva tarafdorlari bosh prokurordan Braziliyada federal xavfsizlik kuchlaridan foydalanishga ruxsat berishni so‘radi. Braziliya prezidenti mamlakat poytaxtida yakshanba kungi tartibsizliklarda ishtirok etgan vandallarni aniqlashga va ularni jazolashga va’da berdi. U tartibsizliklar munosabati bilan vazirlar bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi.
Yanvar oyi oxirigacha Braziliyada favqulodda holat joriy qilindi. Braziliya bosh prokurori Augustu Aras poytaxt Federal okrugi prokuraturasidan Braziliyadagi tartibsizliklar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atishni talab qildi.
Braziliya poytaxti federal okrugi gubernatori Ibaneys Roshu vaqtinchalik mintaqa rahbariyatidan chetlashtirildi. U mamlakat prezidentidan, shuningdek, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati rahbariyatidan yakshanba kungi voqealar uchun kechirim so‘radi.
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru uni qo‘llab-quvvatlagan Braziliyada hukumat binolariga hujum qilgan namoyishlar qonunni buzganini aytdi.